$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

“Chegara bilmas muxbirlar”: 2024-yilda jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlar qaysi boʻldi?

muxbir

2024-yil jurnalistlar uchun xavfli va qayg‘uli voqealar yiliga aylandi. "Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, yil davomida ko‘plab jurnalistlar o‘z kasbiy faoliyati tufayli halok boʻlgan. Falastin, Pokiston va Meksika kabi mamlakatlar jurnalistlar uchun eng xavfli hududlar sifatida e'tirof etildi. Xoʻsh, jurnalistlar asosan qanday xavf xatarlarga duch keladi? Dunyoda matbuot erkinligiga qanday cheklovlar qoʻyilgan.

Eng koʻp oʻlim Falastin hududida

2024-yilda Falastin hududlari jurnalistlar uchun eng xavfli hududga aylandi. U yerda yilning dastlabki oʻn oyida 14 ta oʻlim qayd etilgan. Keyingi oʻrinlarni Pokiston (6 ta), Bangladesh (5 ta), Meksika (4), Sudan, Myanma va Iroq (3 tadan), Ukraina va Kolumbiya (2 tadan) egallagan. Chad, Kongo Demokratik Respublikasi, Gonduras, Rossiya va Turkmanistonda bittadan jurnalist vafot etgan.

Bedarak yoʻqolganlar

Shuningdek, 111 kishi bedarak yoʻqolgan, eng koʻp yoʻqolganlar Meksika (31), Suriya (9), Rossiya (6), Eron (6) va Kosovo (5) da qayd etilgan. Shuni ta'kidlash joizki, bu roʻyxatga faqat jurnalistlarning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq tasdiqlangan oʻlim holatlari kiritilgan.

Jurnalistika dunyo boʻyicha eng xavfli kasblar oʻntaligida

Olimlar va yetakchi mutaxassislar tomonidan dunyodagi eng xavfli kasblar 10 taligi tuzildi. Ular orasida jurnalistika ham bor. Xoʻsh bunga sabab nima?

1. Konchilik – doimiy yerosti faoliyati va yer bosib qolishi xavfi yuqoriligi sababdir. Bunda ularga portlash, zaharlanish, shikastlanish xavf soladi.

2. Chiqindilarni va qayta ishlanadigan narsalarni yigʻish boʻyicha mutaxassislar – qayta ishlash jarayoni doimo radioaktiv va inson salomatligi uchun xavfli moddalarga boy holatdir. Qolaversa, bunda xavfli favqulodda vaziyatlar ham tez-tez uchrab turadi. Bunda ularga zaharlanish, shikastlanish kabilar xavf soladi.

3. Qurilish mehnati – quruvchilarning ham koʻp holatlarda hayotlari xavf ostidadir. Bunga sabab, qurilayotgan binoning balandligi, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslikdir. Qurilish maydonchasida ham favqulodda xavfli holatlar tez-tez kuzatiladi. Bunda ularga qulash, shikastlanish, tok urishi xavfi, tana aʼzolari faoliyatidagi buzilishlar xavf solishi mumkin.

4. Kuryerlik xizmati – bu xizmat xavflilik jihatidan dunyoning bir qator mamlakatlarida 1 oʻrinda turadi. Bunga asosiy sabab esa kurerlarning transport yoʻllarida shoshilishi va yoʻl harakati qoidalariga toʻliq rioya etmasligidir. Bunda ularga avtohalokat, jarohatlanish, sogʻliqdagi muammolar xavf soladi.

5. Sogʻliqni saqlash xodimlari – ayniqsa, 2020-yil ushbu soha xodimlari uchun ogʻir yil boʻldi. Pandimiya davrida insonlar hayotini saqlab qolish uchun oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan kasb vakillari salomatligiga yana boshqa ayrim narsalar ham xavf soladi. Bular infeksion xavf, kimyoviy zaharlanish, jismoniy shikastlanish, psixologik stress, radiatsiya taʼsiri kabilardir.

6. Jurnalistika – bu sohani xavfli kasblar qatorida koʻrish ayanchli, ammo kasbdagi ayrim hollar kishi hayoti bilan bir qatorda uning sogʻligiga ham xavf tugʻdiradi. Bularga, kuchli stress, bosimlar, jismoniy xavflar, axloqiy xavflar misol boʻla oladi. Ayniqsa, sohaning ayrim tarmoqlaridagi kuchli ish rejimi ham hayot va faoliyatga salbiy taʼsir oʻtkazadi.

7. Oʻt oʻchiruvchilik – bu sohaning xavfli jihatlari barchaga maʼlum boʻlsa kerak. Soha mutaxassislari jarayonga yillab tayyotgarlik koʻrishadi. Ammo, shunga qaramay ushbu kasb ham dunyo boʻylab xavfli kasblar qatoridan oʻrin olgan. Bunda oʻt oʻchiruvchilarga kuyish, jarohatlanish, qulab tushish va hatto ayrim holatlarda zaharlanish xavf soladi.

8. Uchuvchilik – uchuvchilar va bort kuzatuvchilari hayoti ham deyarli har parvoz paytida xavf ostida hisoblanadi. Shuning uchun ham ular yaxshigina daromad olishadi. Parvoz 8,9 soat davom etgan mahallarda xavf yanada oshadi. Samalyot bortida 2 ta uchuvchi boʻladi va ulardan biriga biror kor-hol boʻlsa, ikkinchisi nazoratni oʻz qoʻliga oladi. Bunda ularga halokat, uyqu buzilishi, tana harorati va bosim bilan bogʻliq muammolar xavf soladi.

9. Elektr tarmogʻi ishchilari – ushbu soha xodimlari hayoti ham xavf ostidadir. Elektr bilan doimiy ishlash ular salomatligi salbiy taʼsir koʻrsatadi. Elektr tarmogʻi ishchilarining hayotiga xavf soluvchi holatlar: tok urishi, shikastlanish, elektrlanish va boshqalardir.

10. Ishlab chiqarish sohasi – yaʼni zavod va fabrika ishchilari, nima ishlab chiqarishiga koʻra xavfli kasb vakillari 10 taligini yakunlaydi. Ularga xavf soluvchi holatlarga kimyoviy zaharlanish, shikastlanish, mehnat unumdorligining pasayishi va salomatlikdagi muammolar xavf solishi mumkin.

Maʼlumot uchun, yuqoridagi va boshqa barcha kasb vakillari faoliyati mamlakatimizda OʻRQ-410-sonli ”Mehnatni muhofaza qilish” toʻgʻrisidagi qonun bilan himoyalangan. Faoliyatlari davomidagi noxush voqea sabab ish beruvchidan yordam va kompensatsiya mablagʻlarini talab qilishga haqlidirlar.

Jurnalistlarga qanday taqiqlar qoʻyilgan?

Dunyoda jurnalistlarga nisbatan qoʻyilgan taqiqlar va cheklovlar turli shakllarda namoyon boʻladi, va bu matbuot erkinligiga jiddiy tahdid solmoqda. Quyida asosiy taqiqlar keltirilgan:

1. Ko‘plab mamlakatlarda hukumatlar jurnalistlarning ma'lum mavzularda yozishini yoki gapirishini taqiqlaydi. Senzura axborot oqimini toʻsib qoʻyadi, va jurnalistlar muhim mavzular haqida ochiq gapira olmaydi.

2. Ayrim davlatlar jurnalistlarning mustaqil ravishda xabarlar yetkazishiga to‘sqinlik qilish uchun internet va ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklashadi. Bu cheklovlar global voqealar haqida xolis axborot olish imkoniyatini kamaytiradi.

3. Jurnalistlarga davlat idoralaridan ma’lumot olishni qiyinlashtirish uchun ruxsatlar berilmasligi yoki zarur hujjatlarni yashirish amaliyoti mavjud. Bu, ayniqsa, korrupsiya yoki inson huquqlarini buzish kabi mavzularni yoritishga taʼsir qiladi.

4. Baʼzi mamlakatlarda jurnalistlarga qarshi jinoyat ishlari ochilishi, ularning qamoqqa olinishlari va sud qilinishlari qo‘rqitish usuli sifatida qo‘llaniladi. Bu jurnalistlarni xatarli mavzularni yoritishdan qaytaradi.

5. Ayrim davlatlarda jurnalistlardan maxsus litsenziya olish talab etiladi, bu esa jurnalistik faoliyatga toʻsqinlik qiladi yoki matbuotning mustaqilligini cheklaydi. Ushbu talablar orqali tanlangan jurnalistlar qoʻllab-quvvatlanadi, boshqalar esa yoʻldan chiqariladi.

6. Jurnalistlar faoliyatini kuzatish va nazorat qilish: Ayrim davlatlarda jurnalistlar maxsus kuzatuv ostiga olinadi. Ularning telefonlari tinglanadi, harakatlari nazorat qilinadi, bu esa ularni qattiq bosim ostiga qo‘yadi va o‘z faoliyatini davom ettirishni xavfli qiladi.

7. Qora roʻyxatlar va taqiqlar: Ayrim davlatlar yoki tashkilotlar ayrim jurnalistlarga mamlakatga kirishni taqiqlaydi yoki ularning ishlariga toʻsiqlar qo‘yadi. Bu usul jurnalistlar uchun chet elda ishlash va global muammolarni yoritishni qiyinlashtiradi.

8. Hukumatlar o‘z nazorati ostidagi OAV orqali jurnalistlarni qamrab olishga harakat qiladi, bu esa mustaqil jurnalistlar ovozini susaytiradi va rasmiy narrativni mustahkamlaydi.

9. Jurnalistlarga qarshi tahdid, tazyiq va hatto zoʻravonlik ishlatilishi ularning xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadi. Bunday sharoitda jurnalistlar hayotidan qo‘rqib, o‘z kasbidan voz kechishga majbur bo‘lishadi

Bu taqiqlar va cheklovlar jurnalistlarning erkin axborot yetkazish qobiliyatini susaytiradi va jamiyatda haqiqatga asoslangan ma’lumotlarning yetishmovchiligiga olib keladi.

Oʻzbekistonda soʻz erkinligini taʼminlashning bugungi holati qanday?

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonda axborot siyosatini mustahkamlash, soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash, OAV rivojlanishi borasidagi islohotlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishini taʼminlash boʻyicha muhim qoida va tamoyillar mustahkamlangan. Ayni paytda davlat idoralari va mahalliy hokimliklar tarkibida axborot xizmatlari yoʻlga qoʻyilgani xalq bilan muloqotni kuchaytirishga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlarida 1,5 ming nafarga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, Ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi soddalashtirildi, soliq imtiyozlari va yengilliklar taqdim etildi. Bular natijasida Oʻzbekiston axborot makonida sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. Xususan, 2017-2023-yillar mobaynida internet foydalanuvchilari soni ikki barobardan ziyodga (14,7 milliondan 31 milliongacha) oshdi. Ommaviy axborot vositalari soni esa 2016-yilga nisbatan 55 foizga koʻpayib, 1514 tadan 2349 taga yetdi. https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-soz-erkinligini-taminlashning-bugungi-holati-va-natijalari-qanday