13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
$
 12844.21
-11.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Agressiv qo‘shiq-musiqalar davrida yashayapmiz

microphone

Musiqa – inson hayotida psixologik rol o‘ynaydigan, ta’sirchan kuchga ega ko‘rinmas qurol. Deyarli har bir insonning sevimli musiqasi yoki yoqtirgan musiqa turi bor. Uni eshitgan odam tinchlanadi, kayfiyati ko‘tariladi. Ba’zan esa stressdan chiqish uchun ham musiqadan foydalanadigan odamlar yo‘q emas.

Zamonaviymi yoki retro?

Qo‘shiqlarni yo‘nalishiga qarab har xil turga ajratish mumkin. Kimlardir operani yoqtirsa, yana boshqasi estrada shaydosi. Boshqa tomondan esa qo‘shiq-musiqani ikkiga ajratish mumkin. Bular – zamonaviy hamda retro qo‘shiqlar. Bular ma’no-mazmun jihatdan ham, uslub jihatdan ham tubdan farq qiladi. Ha, hamma zamonaviy musiqa va yangilik xohlaydi. Lekin, odamlar o‘zlari uchun retro musiqalarni afzal ko‘radi. E’tibor berilsa, retro qo‘shiqlar ishqibozlari og‘ir-bosiq, vazmin hamda fikrlash doirasi kengroq bo‘ladi. Sababi oldingi qo‘shiqlar ma’no va matn jihatdan “chuqur” yozilgan. Bu borada olimlar tadqiqot o‘tkazishdi, ya’ni 40 yillik qo‘shiq-musiqalarni bir-biri bilan taqqosladi.

Asosiy “cho‘kish” qo‘shiqlar matnida

Olimlarning kuzatuvlariga qaraganda, so‘nggi 40 yilda qo‘shiq-musiqalar yomonlashgan. Ayniqsa, qo‘shiqlarning matnlari ko‘proq “aynigan”.

Bu shunchaki yoqimsizroq qo‘shiqni eshitib qolib, shoshilinch chiqarilgan xulosa emas. Mutaxassislar 1980-yildan 2020-yilgacha ijro etilgan qo‘shiqlarni tinglab, solishtirib o‘z fikrlarini aytishdi.

Matnlarda “men” kuchaymoqda

Qo‘shiqlar matnlari anchagina oddiylashgan, bir xillik, agressivlik kuchaygan. Qizig‘i, qo‘shiqlar mualliflarida “shaxsiy men” kuchaymoqda — “men”, “mening”, “meniki” so‘zlari tobora ko‘p qo‘llanilyapti.