Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

Taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolgan 10 fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi

Bosh prokuror, DXX, IIV va boshqa mas’ul idoralar vakillari ishtirokida terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Respublika komissiyasi tarkibi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 24-avgust kuni bo‘lib o‘tgan majlisda komissiya va ishchi guruh a’zolari – Oliy sud, ichki ishlar, tashqi ishlar vazirliklari, Yoshlar ishlar agentligi, mahalla uyushmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi rahbar xodimlari, DXX va Bosh prokuraturaning tegishli boshqarma boshliqlari hamda boshqa mas’ul xodimlari qatnashgan.

Taqiqlangan tashkilotlarga dashib kirib qolgan fuqarolarining murojaatlari ko‘rib chiqildi

Yig‘ilishda “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni ijrosi yuzasidan taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etish haqida taqdim etilgan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Murojaatining 7 tasi qanoatlantirilgan

Ma’lum qilinishicha, komissiya yig‘ilishda 10 ta murojaat o‘rganib chiqilib, komissiyaning muhokamasiga taqdim etilgan. Unga ko‘ra, komissiya tomonidan har bir murojaat batafsil ko‘rib chiqilib, natijasi bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinishi ta’minlandi.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, fuqarolar murojaatining 7 tasi qanoatlantirilgan. 3 fuqaroni javobgarlikdan ozod etish rad qilindi, deya yozmoqda Kun.uz.