$
 12012.12
32.29
 13935.26
30.27
 166.12
1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Mbappe va Holandda dubl, Messida esa xet-trik: Mundialda navbatdagi futbol shousi qanday o‘tdi?

messi

Jahon chempionatida yana bir sermahsul kun ortda qoldi. Fransiya va Norvegiya guruhdagi ilk o‘yinidayoq kuchini namoyish qilgan bo‘lsa, Argentina Lionel Messi boshchiligida yirik g‘alabaga erishdi. Messi ushbh yubiley uchrashuvida xet-trik qayd etib, yana bir nechta rekordlarni yangiladi.

Xo‘sh, bugungi Jahon chempionatidagi o‘yinlarda qanday rekordlar qayd etildi?

Mbappe boshchiligidagi Fransiya MTJ ishonchli g‘alaba qozondi

Fransiya va Senegal o‘rtasidagi bahs uzoq vaqt davomida keskin kurashlar ostida kechdi. Birinchi bo‘limda jamoalar bir-birining himoyasini yorib o‘ta olmadi va tanaffusga golsiz yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda esa Fransiya yetakchilari o‘z kuchini ko‘rsatdi. 66-daqiqada Kilian Mbappe hisobni ochib berdi. Oradan ko‘p o‘tmay zaxiradan maydonga tushgan Bredli Barkolya farqni ikkitaga oshirdi. Senegal o‘yin oxirida taslim bo‘lmadi va qo‘shimcha daqiqalarda Ibrohim Mbaye hisobni qisqartirdi.

Biroq Mbappe qo‘shimcha vaqtning oxirlarida ikkinchi golini urib, Fransiyaga 3:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Shu tariqa fransuzlar mundialdagi yurishini muhim uch ochko bilan boshladi.

Holanddan dubl, Norvegiyadan yirik g‘alaba

Iroq va Norvegiya o‘rtasidagi uchrashuvda Yevropa vakillari ustunligini namoyish qildi. Norvegiyaliklar o‘yin davomida hujumkor futbol ko‘rsatib, raqibga deyarli imkon qoldirmadi.

Jamoaning asosiy qahramoni Erling Holand bo‘ldi. Mashhur hujumchi ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, g‘alabaga katta hissa qo‘shdi. Leo Estigor ham gol mualliflari qatoridan joy oldi.

Iroq safida yagona golni Ayman Husayn urdi. Ammo o‘yin oxirida omadsizlik ham aynan uning boshiga tushdi. Norvegiyaning to‘rtinchi goli avtogol sifatida Ayman Husayn nomiga yozildi. Natijada Norvegiya 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, guruh peshqadamlaridan biriga aylandi.

Messi yubiley bahsini xet-trik bilan bezadi

Argentina va Jazoir uchrashuvi Lionel Messi uchun alohida ahamiyatga ega edi. Bu uning terma jamoadagi 200-o‘yini bo‘ldi va argentinalik yulduz ushbu sanani unutilmas tarzda nishonladi.

Messi 17-daqiqada Rodrigo De Paulning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa yana ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, xet-trik qayd etdi. Jazoir himoyasi uning hujumlariga qarshi hech narsa qila olmadi.

3:0 hisobidagi g‘alaba Argentina uchun mundialdagi muvaffaqiyatli start bo‘ldi. Messi esa terma jamoadagi gollari sonini 120 taga, professional faoliyatidagi jami gollarini esa 914 taga yetkazdi. Shu orqali 38 yoshli futbolchi hali ham eng katta sahnalarda hal qiluvchi rol o‘ynay olishini yana bir bor isbotladi.

Теги :
Jamiyat