Xususiy mulkni himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish belgilanmoqda
Qonunga ko‘ra uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga ko‘rgan zararlarining o‘rnini qoplab berish ko‘zda tutilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-950-son, 29.08.2024 yil.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Tadbirkorlik subyektlarining erkin faoliyat olib borilishi ta’minlanadi
Ma’lum bo‘lishicha, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuning bilan birga, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining, ushbu subyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qat’i nazar, O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi ta’minlanishi belgilanmoqda.
Xavfli hududlarda bino qurish taqiqlanadi
Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



