O‘zbekistonda Olimpiya chempionlariga nimalar beriladi?
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston medallar jamg‘armasida Rio-2016da 21-o‘rin, Tokio-2020da 32-o‘rin va Parij-2024da 13ta medal bilan 13-o‘rinni qayd etib turibdi.
2 daqiqa o‘qiladi

Parij-2024 Olimpiada chempionlari nimalar bilan taqdirlanishi ochiqlandi.
BYD mashinalari va millionllab dollar pul mukofotlari
Ma’lum bo‘lishicha, birinchi o‘rinni egallagan olimpiadachilarga BYD HAN va 200 ming dollar beriladi.
Ikkinchi o‘ringa esa 100 ming dollari pul mukofoti, BYD Chempion mashinasi.
Uchinchi o‘rinni egallagan sportchilar BYD Chazor, 50 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Medallar jamg‘armasida 13-o‘rin
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Parij-2024 Olimpiada medallar jamg‘armasida 13-o‘rinda turibdi.
Hozirda, O‘zbekistonda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 4 ta oltin, 2 ta kumush va 13 ta bronza bilan 21-o‘rinni qayd etgan edi.
Qaysi davlatlar eng ko‘p mukofot puli to‘laydi?
Hongkong, Singapur va Tayvan olimpiada medallari uchun eng ko‘p mukofot puli to‘laydigan davlatlar hisoblanadi. Qayd qilinishicha, Hongkong olimpiada oltin medali uchun $768,5 ming, Singapur $737 ming va Tayvan $720 ming to‘laydi, bu dunyodagi eng katta mukofot pullaridir.
Markaziy Osiyoda mukofotlar miqdori
Qozog‘istonda Olimpiya chempionlari oltin uchun 250 ming dollar, kumush uchun 150 ming dollar va bronza uchun 75 ming dollar olishadi.
Tojikiston sportchilari Olimpiadada birinchi o‘rin uchun Prezident mukofoti dasturi doirasida 150 ming somoniy (taxminan 14 ming dollar), ikkinchi o‘rin uchun – 100 ming (taxminan 9 ming dollar), uchinchi o‘rin uchun – 50 ming (taxminan 4,5 ming dollar) miqdorida mukofotlanadi.
Qirg‘izistonda sportchilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadilar: oltin medal - 10 million qirg‘iz so‘mi (taxminan 119 ming dollar); kumush medal - 7 million qirg‘iz so‘mi (taxminan 83 ming dollar); bronza medali - 5 million qirg‘iz so‘mi (taxminan 60 ming dollar).



