$
 12969.84
-15.48
 13436.75
-74.48
 133.97
1.75
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan "Andijon" futbolchilari qancha mukofot puli olishgani ma’lum bo‘ldi

“Andijon”

2024-yilgi mamlakat kubogi finali o‘zbek futboli tarixidagi eng yaxshilaridan biriga aylandi. Farg‘onada o‘tgan vodiy derbisida “Andijon” “Navbahor” bilan to‘qnash kelib, qo‘shimcha bo‘limlar so‘ngida g‘alabani ilib ketdi va o‘z tarixidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritgandi — 3:2. Ko‘plab muxlislarda o‘yin yakunlangach, tabiiy ravishda o‘z tarixida ilk bor mamlakat kubogini o‘z boshi uzra baland ko‘targan jamoa futbolchilari g‘alaba uchun Andijonning hotamtoy hokimi va hokimligidan qancha mukofot puli olishar ekan degan savollar paydo bo‘lgandi. Ayni kunga kelib, ushbu savollarga asta-sekin javob topilmoqda.

Mukofot pullari

Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, “Andijon” futbolchilari ushbu tarixiy sovrin uchun Andijon viloyati hokimligidan 100 million, bosh homiy “Uzavtosanoat”dan ham 100 million, jami 200 million so‘m mukofot puli olishgan. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, mana shu 200 millionning 50 millioni hali futbolchilarga berilmagan.

“Avtomashina berilgani yo‘q, bu feyk xabar”

Avvalroq “Andijon” klubi bosh direktori Elbek Samatov jamoa futbolchilari O‘zbekiston Kubogi finalidagi g‘alabadan keyin jamoa katta miqdordagi pul mukofoti bilan mukofotlanganini, biroq futbolchilarga hech qanday avtomashina berilmaganini ma’lum qilgandi. “Avtomobil sovg‘a qilinishi haqidagi gaplar? Menimcha, “Andijon” bosh homiysi “O‘zAvtoSanoat” ekanligi sababli O‘zbekiston kubogidagi g‘alaba uchun avtomashina sovg‘a qilinishi haqida xabarlar tarqalgan bo‘lsa kerak. Buni o‘zimiz ham eshitgandik, lekin avtomashina berilgani yo‘q, bu feyk xabar edi. Lekin to‘g‘risini aytishim kerak, final uchun qo‘yilgan mukofot pullari bemalol avtomashina xarid qilish uchun yetadigan mablag‘ edi. Qaysi rusumdagi avtomobil xaridi uchun yetarli edi? Finalga ajratilgan bu pul mukofoti edi va uning bir qismi tarqatib bo‘lindi. “O‘zAvtoSanoat” tomonidan taqdim etilgan bu pullar to‘liq olindi. Jamoamizning yutuqlarida klubdagi moliyaviy barqarorlik eng katta omillardan biri. Hozirda jamoa oldida oylik, mukofot pullari va bonuslardan ham qarzdorlik yo‘q”, — deydi “Andijon” klubi bosh direktori Elbek Samatov “Sport” telekanalidagi “Bizning futbol” ko‘rsatuvidagi chiqishida.

Ma‘lumot uchun, “Andijon” o‘z tarixida ilk bor kubok sohibiga aylandi. Jamoa kelasi mavsumdan Osiyo Chempionlar ligasi-2 turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Теги :
Jamiyat