Xavfli holat: Maymun chechagi Afrikadan tashqarida ham aniqlandi
Yangi holatlar oqava suvlarida aniqlangan hamda Afrikadagi maymun chechagidan xavfli mutatsiyaga uchragan turlardir.
1 daqiqa o‘qiladi

Kuni kecha Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan maymun chechagidan butun dunyo ogohlantirilib, favqulodda holat eʼlon qilganligi haqida xabar bergan edik.
Shvetsiyadan bayonot
Shvetsiya Afrikadan tashqarida yangi, xavfliroq mpox shtammining birinchi holati haqida xabar beradi.
Ushbu shtamm Afrikadagi maymun chechagidan koʻra ogʻirroq kechuvchi hamda tezkor yuqishi bilan farqlanib turadi. Bu, oʻz-oʻzidan, yangi virusning mutatsiya qobiliyati yuqori ekanidan darakdir.
Maymun chechagi oqava suvlarida yashamoqda
Qoʻshma Shtatlarning San-Fransisko shahridagi ikki tumanda maymun chechagining ilk namunalari aniqlandi.
Ushbu namunalar Okeanboʻyi hamda janubi-sharqiy hududlardagi oqava suvlardan topilgan boʻlib, hozircha vaziyat nazoratdan tashqariga chiqib ketmaganini maʼlum qilishgan.



