Rossiyalik Youtuber’lar uchun monetizatsiya to‘liq o‘chirildi
Google AdSense Rossiyada o‘z faoliyatini to‘liq to‘xtatib, ushbu mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarning akkauntlarini o‘chirib qo‘yganini e’lon qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Google AdSense Rossiyada o‘z faoliyatini to‘liq to‘xtatib, ushbu mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarning akkauntlarini o‘chirib qo‘yganini e’lon qildi.
Iyul oyi uchun to‘lovlar to‘xtatilmagan
Rossiya nashriyotlariga yuborilgan rasmiy axborot byulletenida kompaniya ushbu hisoblar orqali monetizatsiya daromadlari mavjud bo‘lmasligini va iyul oyi uchun oxirgi to‘lovlar to‘xtatilmagan hamda to‘lov chegaralariga erishilgan taqdirda 21 — 26 avgust kunlari amalga oshirilishini aytdi.
Google AdSense kontentni monetizatsiya qilish uchun asosiy platformalardan biri edi
2022-yil mart oyidan kompaniya Rossiyada reklama namoyishini cheklashni boshlagani va yangi akkauntlar yaratishni taqiqlaganini hisobga olsak, Google AdSense’ning qarori kutilmagan bo‘lmadi. Biroq, platformaning yopilishi rus blogerlari va veb-sayt egalari uchun jiddiy zarba bo‘ladi, chunki Google AdSense kontentni monetizatsiya qilish uchun asosiy platformalardan biri edi.
Blogerlar uchun asosiy daromad reclama bo‘lib qoldi
Texnik bloger Wyslacom (Valentin Petuxov) hozirgi vaziyatni yoqimsiz deb atadi va daromad sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa-da, u butunlay yo‘qolmaganini ta’kidladi. Jurnalist Aleksandr Plyushchev, shuningdek, monetizatsiyani olish uchun rossiyalik blogerlarga chet eldagi akkaunt kerak bo‘lganini va reklama asosiy daromad manbai bo‘lib qolganini ta’kidladi.
Google AdSense ketishi bilan Rossiyadagi foydalanuvchilar pul ishlashning yangi usullarini izlashlari yoki internetda biznes yuritish strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishlari kerak bo‘ladi.



