$
 11962.78
-6.88
 13887.59
-40.31
 153.94
1.38
weather
+26
Кечаси   +14°

Mirziyoyevga Donald Trampdan Tinchlik kengashiga qo‘shilish taklifi keldi

Mirziyoyev va Tramp

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga AQSh yetakchisi Donald Tramp tomonidan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mavjud mojarolarni siyosiy yo‘l bilan bartaraf etishga qaratilgan xalqaro tashabbusga qo‘shilish yuzasidan rasmiy murojaat yo‘llandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashabbusning xalqaro-huquqiy asoslari

Maktubda qayd etilishicha, mazkur tashabbus 2025-yil 29-sentabr kuni e’lon qilingan bo‘lib, qisqa vaqt ichida qator yetakchi davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shuningdek, u BMT Xavfsizlik Kengashining 2025-yil 17-noyabrdagi 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan rasman ma’qullangan.

Loyiha G‘azo hududidagi keskin vaziyatni yumshatish va mojaroni tugatishga qaratilgan kompleks siyosiy reja asosida ishlab chiqilgan.

Yangi tuzilma: “Tinchlik kengashi”

Tashabbusning markaziy g‘oyasi — Yaqin Sharqda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni ta’minlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga tayyor davlatlarni birlashtiruvchi yangi xalqaro institut — Tinchlik kengashini tashkil etishdan iborat.

Mazkur kengash mintaqadagi mojarolarni diplomatik, siyosiy va gumanitar mexanizmlar orqali bosqichma-bosqich hal etishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekistonning pozitsiyasi va roli

Amerika tomoni O‘zbekistonni ushbu Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishga taklif etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llagan javob maktubida Toshkent mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini va kengash faoliyatida ta’sischi sifatida ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.

Mintaqaviy barqarorlik sari muhim qadam

O‘zbekiston rahbari mazkur tashabbusni Yaqin Sharqda yillar davomida davom etib kelayotgan nizolarni bartaraf etish, mintaqada barqarorlik va tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim va o‘z vaqtida ilgari surilgan qadam sifatida baholadi.

Bu qaror O‘zbekistonning xalqaro maydondagi konstruktiv tashqi siyosati, tinchlikparvar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligi va global mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Теги :
Jamiyat
Siyosat