$
 12831.13
-55.77
 14542.80
-82.54
 161.07
0.2
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Milliy gvardiya maktab tizimiga qanchalik ta'sir ko‘rsatmoqda?

Milliy gvardiya

5-fevral kuni prezident boshchiligida oʻtkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilishda maktab taʼlimidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilangan edi.

Shu sababdan, respublikadagi maktablarda o‘quvchi va o‘qituvchilarni xavfsizligini ta’minlash borasida hozirda qorovullarning yangi ish tizimi joriy qilindi.

Lavozimda kim, vazifasi nima?

Unga ko‘ra, qorovullik lavozimiga harbiy xizmatni o‘tagan yosh kadrlar tayinlangan. Yangi ish tartibi bo‘yicha bir nafar qorovul kunduzgi vaqtda xizmat olib boradi, maktab xududiga begonalar kirishini oldini oladi, kirish-chiqish va ichki tartibni nazorat qiladi.

Ma’lumot uchun, oldin qorovullar tungi vaqtda maktab binosini va jixozlarini qo‘riqlash bilan shug‘ullangan.

Tizim effekti, ishning boshlanishi

Tizim joriy qilinganidan so‘ng, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida joriy yilning 6-8-fevral kunlari dastlabki o‘rganish ishlari natijasida darslarga sababsiz 188 000 o‘quvchi kelmagani aniqlangan. Unda kasallik bahonasi bilan darsga qatnashmaslik holatlari ham o‘rganilmoqda. Birgina Qashqadaryo viloyati misolida o‘tgan haftada kasal deb belgilangan o‘quvchilarning uylariga borib o‘rganilganda, 50 ta holatda o‘quvchining kasal emasligi, aksincha sababsiz darsga kelmagani aniqlangan. O‘quvchilarning barchasi darslarga qaytarilib, ota-onalariga ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilgan. Bu kabi holatlar respublikaning barcha hududlarida qayd etilgan.

Jarimaga tortilgan 4 ming ota-ona

Buning ortidan ta’lim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming nafar ota-onalar rasmiy ogohlantirilib, ularning to‘rt mingga yaqiniga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra ma’muriy chora ko‘rilgan.        

98 foizga tiklangan davomat

Shuningdek, joriy yilning 6-fevral kunidan 7 mart kuniga qadar yangi tizimda amalga oshirilgan ishlar natijasida 1 mln 769 ming nafar o‘quvchi maktablarga qaytarilgan. Hozirda respublika bo‘yicha davomat 97,7 foizga yetgan. 

6 ta oldi olingan vaziyatlar

Bundan tashqari, so‘ngi haftaning o‘zida respublika bo‘yicha 6 ta holatda maktablarga begonalar kirishining oldi olindi.

 - Sirdaryoda, soxta guvohnoma va xodim formasini kiyib olgan shaxsning maktabga kirishga uringanligi;

 - Toshkent viloyatida yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zaro janjallashuviga tashqaridan kelgan fuqarolarning aralashuvi;

 - Qoraqolpog‘iston Respublikasida fuqaro turmush o‘rtog‘i ishlaydigan maktabga mast holda bolta bilan kelganligi;

 - Qo‘qon shahrida muqaddam sudlangan 20-25 yoshdagi yigitlar maktab hududiga bemaqsad kirishga urunganlik holatlari shular jumlasidandir.

 Yuqorida qayd etilgan barcha xolatlar bo‘yicha aybdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jinoiy va ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilshi ta’minlangan.

Shu bilan birga, maktabda bo‘lgan janjallashuvda Milliy gvardiya xo0dimi jarohatlangan edi.

Navoiydagi soch masalasiga Milliy gvardiya xodimlarining aralashuvi bormidi?

Esingizda bo‘lsa, 23-fevral kuni Navoiy shahridagi 2-umumtaʼlim maktabida muassasa direktorining tashabbusi bilan sartarosh chaqirtirilib, turli sinflardan oʻgʻil bola oʻquvchilar sport zalga yigʻilgan holda sochi olinganligi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Qizigʻi, jarayonni milliy gvardiya xodimlari ham kuzatib turgan.

Mazkur holatga Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Raʼno Hayitova munosabat bildirgan. U bu holatni umuman oqlab boʻlmasligini aytgan.

“Maktabga hozir odam joʻnatdim. Oʻzi kecha gaplashgandim shu maktab direktori bilan. Ushbu maktab faoliyatini toʻliq oʻrganamiz. Bu holat umuman mumkin emas. Bunday direktor ishda qolishi ham mumkin emas, aslida. Maktabda oʻquvchining sochiga tegishga umuman haqqi yoʻq. Pedagogning etika qoidasiga toʻgʻri kelmaydi bu”, – deya holatni izohlagan boshqarma boshligʻi.

Shundan so‘ng Navoiy viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi matbuot kotibi ham holatga munosabat bildirgan. Uning soʻzlariga koʻra, milliy gvardiya xodimlari maktab direktorining bu tashabbusiga qarshi boʻlishgan.

“Biriktirilgan xodimlarimiz davomat nazorati uchun maktabga borganida ushbu holatning ustidan chiqishgan. Bu, albatta, mumkin emas. Shu sababli maktab direktoriga jarayonni toʻxtatishni hamda oʻquvchilarni darsga qaytarishni aytishgan”, – deydi Ramazon Kubayev.

Ombudsman monosabati

Ko‘plab muhokamalardan keyin Bolalar ombudsmani ham voqeani o‘rganib chiqqan.

“Maktab ma’muriyati tomonidan bunday harakatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Birinchi navbatda, bu umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining odob-axloq qoidalariga zid. Muhimi esa, bu bolaning konstitutsiyada kafolatlangan shaxsiy daxlsizlik huquqi hamda uning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga tahdid soladi. Mazkur harakatga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi zarur”, – deyilgan edi Bolalar ombudsmani xabarida.

Bolalar Ombudsmani bu kabi nomaqbul holatlarning boshqa ta’lim muassasalarida ham yuzaga kelmasligi bo‘yicha choralar ko‘rilayotganligini qo‘shimcha qilgan.

Теги :
Jamiyat