$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Paydo bo‘lishi noma’lum bosh og‘rig‘i: Migren oddiy bosh og‘rig‘idan nimasi bilan farqlanadi?

bosh og

Migren odatdagi bosh og‘riqlaridan farqlanuvchi bosh og‘rig‘i bo‘lib, o‘n yillar davomida o‘rganilishiga qaramay, kasallik patogenezi hali to‘liq o‘rganilmagan va ilmiy izlanishlarni davom ettirishni talab qilib kelmoqda. Migren odatda 4 soatdan 72 soatgacha cho‘ziladi va turli davomiylikka ega bo‘lishi mumkin.

Migren o‘zi nima?

Migren — irsiy kasallik bo‘lib, asosiy belgisi boshda to‘xtab-to‘xtab tutadigan og‘riqdir, u pulsni yodga soladi. Unga doimo ko‘ngil aynishi, eshitish va ko‘rish ta'sirchanligi ortishi qo‘shiladi: odatiy shovqin va mayin yorqinlik ham g‘ashga tegadi, keskin tuyiladi. Ammo barcha belgilar bir vaqtda sodir bo‘lmasligi mumkin. Migrenning birinchi alomatlari yoshlikdan paydo bo‘ladi, masalan qizlarda balog‘atga yetish davrida yoki 20 yoshda. Eng yuqori cho‘qqi 30-40 yoshda kuzatiladi. Yosh o‘tishi bilan migrendan aziyat chekuvchilar soni kamayib boradi.

Migren 4 soatdan 72 soatgacha cho‘ziladi va turli davomiylikka ega. Uning bir oyda 15 kundan kam davom etishi epizodik turga mansubdir. 15 kundan ortiq davom etishi surunkali migren deb ataladi. Ularning davolash rejalari ham mutlaqo farqli.

Aurali migren turi ham mavjud. Aura — bosh og‘rig‘i paydo bo‘lishidan avval qisqa muddatli nevrologik buzilishlar kuzatiladi: bosh aylanishi, ko‘rish qobiliyati vaqtincha buzilishi, harakat sekinlashishi. Bular yarim soatda o‘tib ketadi va so‘ngra bosh og‘rig‘i boshlanadi. Harakat sekinlashishi deganda panja, bilak, yuz, til qotib qolishi tushuniladi. 

Migrenning ba'zi turlari (masalan, tananing bir tomonida holsizlik bilan namoyon bo‘luvchi gemiplegik turi) bir gendagi mutatsiya tufayli yuzaga keladi. Shu sababli, inson neyronlar giperharakatchanligiga moyil bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, miyaning hissiy tebranishlarga javob beruvchi sohalari oson qo‘zg‘aladi.

Ammo migrenning aksariyat turlari poligendir, ya'ni kasallik bir necha genlar omilida paydo bo‘ladi. Migren tashqi qo‘zg‘atuvchilarga bog‘liq bo‘lishi ham mumkin: ochlik, uyqu yetishmasligi, xavotirlanishlar.

Olimlar nevrologik jarayonlar ustida hali ham ish olib borishyapti, ammo jumboqning bir uchi allaqachon yechilgan. Masalan, migren sabablaridan biri bo‘lgan qon tomirlari kengayishining oldini oluvchi yangi dori vositalari ishlab chiqilgan.

Qayerdan kelib chiqqani ma’lum emas

Migrenga o‘n yillar davomida o‘rganilishiga qaramay, kasallik patogenezi hali to‘liq o‘rganilmagan va ilmiy izlanishlarni davom ettirishni talab qiladi, deb aytib o‘tdi nevrolog, tibbiyot fanlari nomzodi, “Nevrologiya ilmiy markazi” FGBNUning 3-chi Nevrologiya bo‘limi ilmiy xodimi Anastasiya Belopasova.

Avvalroq umumiy amaliyot shifokori Aleksandr Myasnikov aura bilan kechuvchi migrenga xavfli bosh og‘rig‘i turiga kirishini va uning oqibati miya qon aylanishining buzilishiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi. Bunday migrenga paytida inson yo‘q tovushlarni eshitishni, hidlarni sezishni, ko‘z oldida turli geometrik shakllar va uylarni ko‘rishni boshlaydi.

Kasallikdan ko’pincha ayollar aziyat chekishadimi?

Migren ikki jins vakillariga birdek shikast yetkazadi, biroq statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unga ayollar tez-tez duch kelishini ko‘rish mumkin. Migrendan aziyat chekuvchilar dunyo aholisining 30 foiz qismini tashkil etadi, ayollar erkaklarga nisbatan deyarli 3 barobar ko‘p.

Olimlar bunga menstrual sikl gormonlari aybdor deb taxmin qilishmoqda. Tsiklning ikkinchi fazasida estrogen va progesteron miqdori keskin tushib ketishi migrenga turtki bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan garmonlar kamayadi, ularning darajasi o‘zgarmaydi, shuning uchun menopauzalar vaqtida migren kuchsizlanadi va o‘tib ketadi.

Ayollarda migren tashxisi ko‘p aniqlanishining sababi ular shifokor qabuliga tez-tez borishadi va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishadi.

Chora bormi? 

Shuningdek, olimlar migrenni tadqiq qilishga kirishganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Aksariyat shifokorlar tashvishlanishga moyil va stressni yengolmaydigan insonlarda uchrovchi ushbu psixosomatik kasallik erkaklarga nisbatan ayollarga ko‘proq ta'sir ko‘rsatishga ishonishgan va ishonishmoqda. Shu sababli unga jiddiy e'tibor berilmagan.

Mutaxassislar hanuz migrenga qarshi aniq davo choralarini topishgani yo’q. Ammo bu borada yetarlicha izlanishlar olib borilmoqda.