$
 12114.97
40.69
 14260.53
41.86
 162.07
1.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada tungi klubni yoqib yuborgan o‘zbekistonlik migrantlar uzoq muddatga qamaldi

positive

Bu haqida Rossiya nashrlari xabar qilgan.

Yong‘in chiqarganlar qamaldi

Rossiyaning UFA viloyati sudi qasddan tungi klubni yoqib yuborgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukmini o‘qidi.

Ma’lum qilinishicha, ikki nafar o‘zbekistonlik yigitlar 2023-yil sentyabr oyining oxirlarida mast holatda UFA viloyatidagi “Meet Point” tungi klubiga kirishmoqchi bo‘lishgan, ammo qo‘riqchilar ularni muassasaga kiritmagan.

Qasd

Qo‘riqchilardan qasd olish maqsadida yigitlar yaqin atrofdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasidan benzin sotib olib, uni klubning kirish qismiga va qo‘riqchilarga sepib, yoqib yuborishgan. Ushbu voqea natijasida hech kim jabrlanmagan, tungi klub xodimlari yuzaga kelgan yong‘inni o‘zlari o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Sud hukmi

O‘z navbatida, erkaklar Moskvaga uchib ketishga harakat qilishgan, ammo ular aeroportda qo‘lga olinib, ularga bir qator moddalar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Sud bir sudlanuvchini 11 yilga, uning sherigini esa 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi, har ikkala mahkum ham jazoni qattiq tartibli axloq tuzatish koloniyasida o‘tashadi. Shuningdek, ulardvn 200 ming rubl miqdorida ma’naviy zarar undirildi”, - deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat