Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

Qurbon hayiti kuni metro bepul bo‘ladi

Shu bilan birga metropoliten matbuot xizmati metrolar o‘z faoliyatini 2 soat oldin boshlashini ta'kidlamoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Qurbon hayiti kuni metro bepul bo‘ladi

Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni o‘z faoliyatini odatdagidan 2 soat oldin boshlaydi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar qildi.

3:00 dan ish boshlanadi 

16-iyun kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, metropoliten tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.

Qurbon hayiti kuni barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 gacha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Qoʻshimcha dam olish kunlaridachi?

Bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.