$
 12815.13
12.07
 13898.01
-4.83
 133.20
1.36
weather
+26
Кечаси   +14°

Sahroi Kabirda noyob meteorit tosh topildi

Sahroi Kabr

So‘nggi vaqtlarda koinotning chuqur sirlarini ochishga qaratilgan hayratlanarli ilmiy kashfiyotlar qatoriga yana biri qo‘shildi. Shu yil sentyabrda Sahroi Kabir cho‘lida noyob meteorit topildi, deb yozmoqda bloger Nurbek Alimov.

4,6 mlrd. yillik tosh

Bu kosmik toshning yoshi 4,6 mlrd. yilga teng deb baholanyapti. Bu esa uni Quyosh tizimi hali shakllanmagan davrlarning qoldiqlaridan biri, degan xulosaga olib keladi. Meteorit tarkibi o‘ta qadimiy va kamyob bo‘lib, bu olimlar uchun juda katta ahamiyatga ega. Chunki u nafaqat Yerning ilk rivojlanish davri, balki Quyosh tizimi shakllanishi bilan bog‘liq jarayonlar haqida ham qimmatli ma’lumotlar berishi mumkin.

Sahroi Kabir meteoritlar topilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan joylar qatoriga kiradi

Meteoritni Sahroi Kabirning janubida joylashgan hududdan, Marokash chegarasida mahalliy geolog va koinotshunoslar guruhi aniqlabdi. Bu hudud olimlar tomonidan uzoq yillar davomida kuzatib borilgan, chunki Sahroi Kabir meteoritlar topilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan joylar qatoriga kiradi. Cho‘lning quruq va tozaligi kosmik toshlarning yer yuzida saqlanishi uchun ideal sharoit yaratadi, bu esa ularning dastlabki holati deyarli o‘zgarmagan holda saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi.

Meteorit sentyabr oyida topilgan

Meteorit sentyabr oyida topilgan, lekin u haqidagi batafsil ma’lumot va tadqiqot natijalari keyinchalik, oktyabrda e’lon qilindi. Meteorit topilgandan keyin darhol laboratoriyaga olib borilib, chuqur tahlillar boshlandi.

“Bu meteoritning eng hayratlanarli jihati uning yoshi — 4,6 mlrd. yil-a! Bilamizki, Quyosh sistemasi taxminan 4,5 mlrd. yil oldin shakllangan, demak, bu meteorit Quyosh tizimi shakllanishidan ham avvalgi materiallardan tashkil topgan. Uning tarkibi va tuzilishi, ayniqsa, Yer, boshqa sayyoralar va Quyosh tizimining shakllanishida qanday jarayonlar yuz bergani haqida misli ko‘rilmagan ma’lumotlarni taqdim eta oladi”, – deb yozmoqda Alimoff.

U yerda hayotning paydo bo‘lishi haqida ko‘plab faktlar bera oladi

Meteoritni o‘rganish orqali olimlar Quyosh tizimining boshlanishi va uning qanday shakllangani haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin. Meteoritning kimyoviy tarkibi hali yer yuzida uchramagan elementlar va izotoplar haqida ma’lumotlar bera oladi. Shuningdek, u yerda hayotning paydo bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan molekulalarning ilk bosqichda qanday shakllangani haqida yangi bilimlarni ochib berishi mumkin.

Meteoritlarning boshqa bir muhim jihati shundaki, ular koinotning turli burchaklaridan Yerga yetib keladi. Ular Quyosh tizimi va koinotda yuz beradigan hodisalar haqida ma’lumot to‘plash imkonini beradi.

Теги :
Жамият