$
 12042.49
-18.06
 14147.52
-35.69
 160.55
-0.77
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda bolalar orasida meningit ko‘paydi

meningit

O‘zbekistonda joriy yil boshidan buyon meningokokk infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar ko‘paygan. Infeksiya bilan bog‘liq 174 ta holatning 168 tasi bolalar bilan bog‘liq. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Qaday chora koʻrilmoqda?

Qo‘mita o‘z xabarida 2026-yilda O‘zbekistonda aholi orasida meningokokk infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar biroz ortganini qayd etgan. Bildirilishicha, shu munosabat bilan aholi, ayniqsa bolalar orasida ushbu infeksiya keng tarqalishini oldini olish maqsadida 8 024 doza vaksina xarid qilinib, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 4 862 nafar fuqaro emlash bilan qamrab olingan. 

Vaksina bilan emlashga tibbiy moneligi bo‘lgan bemorlar bilan muloqotda fuqarolar shifokorlar nazoratida kimyoviy profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Asosiy bemor — bolalar

“Respublikamizda 2026-yilning 1-choragida 174 ta meningokokk holati ro‘yxatga olingan bo‘lib shundan 168 nafari 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tashkil qilmoqda. Kasallik dinamikasiga ko‘ra, aprel oyida mart oyiga nisbatan 14 foizga kamayganligi kuzatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Bu oʻzi qanday kasallik?

Ma’lumot uchun, meningit – bu bosh va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘pincha bakteriya yoki viruslar sababli yuzaga keladi va tez rivojlanishi bilan xavfli. 

Oldini olish choralariga quyidagilar kiradi:

o‘z vaqtida emlanish;

shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;

kasallik alomatlari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish;

jamoat joylarida ehtiyot choralarini ko‘rish.

Shuningdek, Haj va Umra safarlariga borishdan avval meningokokk infeksiyasiga qarshi emlanishlarini, ziyoratdan kelgandan so‘ng esa, ommaviy tadbirlardan cheklanish tavsiya qilinadi. Emlash – meningokokk infeksiyasidan ishonchli himoyalanishning eng samarali usullaridan biri.

Теги :
Salomatlik