$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi

positive

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslariga o‘qitish, ularga menejerlik sertifikatini berish va nomzodlarni lavozimga tayinlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Menejerlik kurslarida o‘qitish

2025 yil 1 yanvardan boshlab Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi.

30% qo‘shimcha ustama

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan tashkilot direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Direktorlikka nomzodlar zaxirasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar orasidan tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi. Bunda tashkilot direktori vakant lavozimlariga nomzodlar faqat sertifikati mavjud bo‘lgan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.

Теги :
Jamiyat