Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

Samarqandda davom etayotgan “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans poydevori” xalqaro kongressi doirasida “Yangi Renessans: Madaniy merosni saqlashda kino va medianing o‘rni” mavzusida TURKSOY xalqaro forumi o‘tkazilmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

Kongress ishtirokchilari

Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati hamkorligida tashkil etildi.

Yagona media platforma to‘g‘risida memorandum

Tadbir doirasida “Kino — meros himoyachisi: madaniy loyihalar va tashabbuslar taqdimoti”, “Global media hamkorlik: Merosni asrash bo‘yicha madaniyatlararo loyihalar” kabi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu dasturlar doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi multimedia bloki uchun tayyorlangan videoroliklar turkumi taqdimoti “Baqtriya tarixi”, bundan tashqari, “O‘zbekiston arxeologik marvaridlari”, “Klavixo”, “Xudoybergan Devonov va Nemis Mennonitlari”, “Muxtor Avezov” loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Forum so‘ngida Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platforma yaratish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.