Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

Andijonda mebelsozlik bo‘yicha kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

Markaz hududida ishlab chiqarish sexlari qurilib, logistika markazi hamda dilerlik ofislari ochiladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda mebelsozlik bo‘yicha kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasi Andijon viloyatida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha kichik sanoat klasterini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

16 gektar hududdagi sanoat zonasi

Hujjat bilan ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi viloyatning Oltinko‘l tumanidagi “Uyg‘ur” mahallasi hududida tashkil etiladi. Viloyat hokimligiga majmua uchun zaxiradan 16 gektar yer maydoni ajratib berish topshirildi.

Xalqaro hamkorlik

Yaqin ikki oyda Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlar mutaxassislari ishtirokida sanoat zonasi konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi belgilandi. Klasterga taniqli xorijiy mebel brendlarini jalb etish rejalashtirilgan.

Markaz nimalarni o’z ichiga oladi?

Markaz hududida ishlab chiqarish sexlari (angarlar), ko‘rgazma pavilonlarini qurish, ochiq va yopiq savdo maydonlari, furnitura va butlovchi qismlar savdo markazini tashkil etish rejalashtirilgan.

Mebel ishlab chiqarish uchun import o‘rnini bosuvchi xomashyo va materiallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda logistika markazi va mahalliy yetkazib beruvchilarning dilerlik ofislari ham ochiladi. Ishlab chiqaruvchilar mebel uchun armatura va ehtiyot qismlarni birinchi qo‘ldan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Joriy yilning fevral oyida Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida mebelchilikni drayverga aylantirish zarurligini ta’kidlagandi. Oltinko‘l tumanidagi mazkur “Mebelsozlik kompleksi"ni qurish va loyihalarga 50 mlrd. so‘m yo‘naltirilishi ma’lum qilingandi.