65-Xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta medal
Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tayotgan Olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ishtirokchilar qatnashmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush, 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Sovrindorlar ro‘yxati
Ozobek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal;
Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal;
Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal;
Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal;
To‘lqin Jaylovov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi— kumush medalni qo‘lga kiritdi.
110 ta mamlakat, 600 dan ortiq ishtirokchi
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tayotgan Olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etmoqda. Olimpiada 22-iyulga qadar davom etadi.
O‘zbekiston 43-o‘rinda
Hozircha O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 43-o‘rinda. Qo‘shni davlatlar, jumladan, Qozog‘iston - 25, Qirg‘iziston – 29, Turkmaniston – 46 va Tojikiston – 67-o‘rinda bormoqda.



