$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi o‘qituvchilarga Chevrolet avtomobillari imtiyozli shartlarda taqdim etiladi

o

O‘zbekiston Bosh vaziri A. Aripov tomonidan “Muallim e’zozda” aksiyasi doirasida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarga Chevrolet avtomobillarini imtiyozli shartlarda taqdim etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Qaysi modeldagi mashinalar beriladi?

Aksiya doirasida Chevrolet Tracker, Malibu, Onix, Equinox va Captiva 5T modellarini tijorat banklari orqali 30 foiz boshlang‘ich to‘lov asosida, 60 oylik muddatda bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratilmoqda. Ushbu tashabbus pedagoglarni moddiy rag‘batlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Mazkur qarorga ko‘ra, imtiyozli shartlarni amalga oshirish uchun tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish “O‘zavtosanoat” AJ va tijorat banklariga yuklatilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga yil yakunigacha hisobot taqdim etiladi.

UzAutoMotors sotilmagan avtomobillarni o‘qituvchilarning zimmasiga yuklamoqchimi?

Bloger Otabek Artikovning fikriga ko‘ra, UzAutoMotors o‘zining sotilmay qolgan avtomobillarini endi o‘qituvchilarga 60 oylik kredit asosida “tortiq qilish”ga urinmoqda. U bu vaziyatni tanqid qilib, kompaniya avtomobillarini “avtomobil laqabli tunuka qutilar” deb atadi va ularni taksidan boshqa maqsadga yaramaydigan transport vositalari sifatida baholadi.

Blogerning fikricha, ushbu tashabbus “UzAutoMotors”ning bozorda sotilmay qolgan avtomobillarni o‘qituvchilarning kredit zimmasiga yuklashga qaratilgan navbatdagi harakati sifatida ko‘rinmoqda.

Теги :
Jamiyat
Avto