$
 12831.81
-25.54
 14606.45
-66.36
 163.75
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Islom Karimovning nabirasi, bloger Maryam Tillayeva sevgilisi bilan ajrashganini ma’lum qildi

Maryam Tillayeva

O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi, bloger Maryam Tillayeva Instagram’dagi sahifasi orqali o‘z obunachilariga sevgilisi Shon bilan ajrashganini ma’lum qildi. Maryam endilikda Shon bilan do‘st bo‘lib qolishini ta’kidlaydi.

Birinchi to'y

Bundan uch yil muqaddam Maryam Tillayeva rossiyalik vloger Amiran Sardarovga turmushga chiqgan edi. Maryam Tillayeva AQShga bundan 7 yil avval, 14 yoshida maktabga o‘qish uchun kelgan. Maryamdan 13 yosh katta bo‘lgan vloger kuyov Amiran esa 2020-yilda yangi hayot boshlash uchun AQShga ko‘chib boradi. Juftlik ijtimoiy tarmoqlar va turli bloglarda ancha faol edi. 

Muhokamali rasm

To'ydan so'ng juftlik yuqorida ta'kidlaganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda birgalikdagi foto va videolarinin taqdim qilib turishadi. Maryam Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarovning birga tushgan ochiq surati tarmoqning o'zbekcha segmentida keskin muhokamalarni keltirib chiqaradi. Bunda Maryam ichki kiyimsiz ekani ko‘ringan rasmni Amiran o‘zining Instagram'dagi sahifasiga joylaydi. Rossiyalik vloger surat ostidagi izohda rus tilida “jyena” deya yozib qoldirib, yonidagi ayol xotini ekanini bildirgan va uning Instagram akkauntini yozib qoldiradi.

Ma’lumot uchun, Maryam — O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kichik qizi — Lola Karimova-Tillayevaning farzandi hisoblanadi. AQShda yashayotgan Lola Tillayevaning Maryamdan tashqari Umar va Safiya ismli boshqa farzandlari ham bor.

Теги :
Jamiyat