Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

Qabul yakunlandi, mandat qachon eʼlon qilinadi?

2024/25-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabulning 2-bosqichi, ya’ni OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni yakunlandi.

1 daqiqa o‘qiladi

mandat talaba ijara

2024/25-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabulning 2-bosqichi, ya’ni OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni yakunlandi.

1 hafta ichida eʼlon qilinishi kerak 

Qabul tartibiga ko‘ra, endilikda 1 hafta muddat ichida – 17-avgustgacha yakuniy natijalar e’lon qilinishi kerak.

Batafsil tartib

Birinchi bosqichda, 14-26-iyul kunlari 737 mingdan ortiq abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi. Ular to‘plagan ballar sinovlarning ertasiga e’lon qilib borildi. Imtihonlar yakunlangach, 27-iyuldan 11- avgustgacha abituriyentlarga OTM va yo‘nalish tanlash uchun vaqt berildi.

Shu tariqa, abituriyentlar bu yil ilk marta yangi tartib asosida, imtihondan keyin – o‘zlari to‘plagan baliga qarab qayerda, qaysi yo‘nalishda o‘qishini tanlashdi.

Imtihonlar yakunlangach, abituriyentlarning 47 foizi o‘qishga kirish uchun yig‘ish kerak bo‘lgan minimal 56,7 balni ham to‘play olmagani ma’lum bo‘ldi.