$
 11975.36
-98.06
 14020.75
-113.6
 162.91
-1.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir vaqtda ko‘p mandarin iste’mol qilish oqibatlari: diareya, allergiya yoki oshqozonga shikast yetadi

mandarin

Yangi yil dasturxonining ajralmas qismiga aylangan umandarin ayniqsa bayram arafasida sevib iste’mol qilinadi. Ammo uni haddan ortiq yeyish sog‘liqqa yomon ta’sir qiladi. Bu haqda diyetolog Yuliya Xlopova javob berdi.

Ushbu sitrus mevaning qanday foydalari bor?

Mandarinlarda ko‘plab foydali elementlar, ayniqsa C vitamini mavjud bo‘lib, ular immunitetga foydali ta’sir ko‘rsatadi va organizmning infeksiyalarga qarshi kurashishiga yordam beradi.

Mandarinlar beta-karotinga boy bo‘lib, u inson tanasiga tushganda A vitaminiga aylanadi. Ushbu modda teri salomatligi uchun muhimdir. Bundan tashqari, mandarinlar metabolizmni normallashtirish va yurak-qon tomir tizimi yaxshi ishlashi uchun yordam beradigan kaliy va foliy kislotasini ham o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, mandarinlar ovqat hazm qilish tizimni qo‘llab-quvvatlaydi. Meva tarkibidagi o‘simlik tolalari ichak salomatligini saqlashga va qabziyatning oldini olishga yordam beradi. Ushbu sitrusdagi kaliy, magniy va kaltsiy kabi mikroelementlar esa yurak, suyak va asab tizimi uchun foydalidir.

100 gramm mandarin o‘rtacha 40-50 kaloriyani o‘z ichiga oladi, shu sababli parhez qiluvchilar va ozishga harakat qilayotganlar uchun mazkur meva ajoyib tanlov bo‘ladi

Nima uchun mandarin iste’molini cheklash lozim?

O‘zining barcha foydali jihatlariga qaramay, mandarinlarni boshqa mahsulotlar kabi me’yorda iste’mol qilish kerak. Shifokorlar va diyetologlar kutilmagan salbiy oqibatlarga duch kelmaslik uchun kuniga 3-4 tadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda meva yeyishni tavsiya qiladi.

Meva kislotasi. Mandarinlar tarkibida juda ko‘p miqdorda kislotalar mavjud. Ularning ortiqcha miqdori oshqozon shilliq qavatinga shikast yetkazadi va jig‘ildorn qaynashiga sabab bo‘ladi.

Shakar. Mandarinlar yengil hazm bo‘ladigan mahsulot bo‘lsa-da, tarkibida tabiiy shakar ko‘pligi sababli qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga ko‘p iste’mol qilish mumkin emas.

Allergiya qo‘zg‘ash xavfi. Sitrus mevalari allergen mahsulot bo‘lib, ba’zi odamlarda reaksiya berishi mumkin.

Agar bir vaqtning o‘zida juda ko‘p mandarin iste’mol qilinsa nima bo‘ladi?

Oshqozonga shikast yetadi. Mandarin tarkibidagi kislotalar ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i va jig‘ildon qaynashiga olib keladi.

Diareya. Katta miqdordagi o‘simlik tolalari hazm tizimida muammolar keltirib chiqaradi.

Allergiya. Avvallari mandarinlarni muntazam iste’mol qilganlarda ham orticha sitrus qichishish yoki toshma paydo qiladi.

Gipervitaminoz. C vitaminining ortib ketishi kamdan-kam uchrasa ham, aynan mandarinlar sababli gipervitamino vujudga kelib, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va uyqusizlik kuzatilishi mumkin.

Mandarinlar kimlar uchun mumkin emas?

  • Allergiklar;
  • Gastrit yoki oshqozonida yarasi bor bemorlar;
  • Qand kasalligiga chalinganlar;
  • Buyragida muammosi borlar.
Теги :
Salomatlik