Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

Makkada qolib ketgan o‘zbekning O‘zbekistonga qaytishiga yordam berildi

Fuqaro insultga uchraganligi va viza muddati tugaganligi tufayli ortga qaytib keta olmagan.

1 daqiqa o‘qiladi

Makkada qolib ketgan o‘zbekning O‘zbekistonga qaytishiga yordam berildi

Joriy yilning yanvar oyida oila a’zolari bilan ziyorat qilish uchun Saudiya Arabistoniga kelgan va keyinchalik insult tashxisi bilan Makka shahridagi Ibn Sino kasalxonasiga davolanish uchun yotqizilgan I.I.ning O‘zbekistonga qaytishiga yordam berildi.

Bemor Saudiya sayyohlik kompaniyalari yordamida O‘zbekistonga qaytarilgan

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning viza muddati tugashi va mamlakatdan chiqib ketishga taqiq qo‘yilgani tufayli Vatanga qaytishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulligi I.I.ning oilasiga zarur maslahat yordamini ko‘rsatgan va diplomatlar Saudiyaning sayyohlik kompaniyalaridan biri bilan hamkorlikda fuqaroni O‘zbekistonga qaytarishida ko‘maklashgan.

Fuqaroga o‘g‘li va shifokor hamrohlik qilgan

“Barcha masalalar hal etilgach, joriy yilning 22-avgust kuni bemorning uyiga parvozi uchun yo‘l hujjatlari rasmiylashtirilib, shifoxonadan Jidda xalqaro aeroportiga zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan yetkazilishi ta’minlandi”, – deyiladi.

Joriy yilning 23-avgust kuni fuqaro I.I. va uning o‘g‘li J.I. shifokor hamrohligida Toshkentga jo‘natilgan.