Payshanba, 22-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +15° kechasi +9°

Ertaga tunda magnit bo‘roni sodir bo‘lishi kutilmoqda

Quyoshdagi bir necha faol dog‘lardagi M va X sinfiga mansub kuchli chaqnashlardan ajralgan plazma bu safar to‘g‘ri Yer magnitosferasiga uriladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Ertaga tunda magnit bo‘roni sodir bo‘lishi kutilmoqda

Bo‘ronning 7 ball atrofida kuchli qo‘zg‘alishi prognoz qilingan.

Yer oy oxirida davomli magnit bo‘ronlariga yo‘liqadi

Kuzatishlarda aniqlanishicha, Yer sayyorasi iyulning so‘nggi kunlarida 4—7 ballik davomli geomagnit bo‘ronlari ta’siriga tayyorlanishi kerak.

Quyoshdagi bir necha faol dog‘lardagi M va X sinfiga mansub kuchli chaqnashlardan ajralgan plazma bu safar to‘g‘ri Yer magnitosferasiga uriladi.

Buning natijasida ertaga (30-iyul) tonggi muddatlardan boshlab, sayyorada davomli magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Yaqin soatlar oralig‘ida Quyoshning faol dog‘ida X1.5 sinfli chaqnashlar kuzatilib, undan ajralayotgan plazma ham to‘g‘ri sayyoramiz tomon oqib kelyapti.

Bo‘ron ta’sirida 30 yoshdan kattalarda holsizlik kuzatilishi mumkin

Ertaga tunda esa hatto magnit bo‘ronining 7 ballik kuchli qo‘zg‘alishi prognoz qilingan.

Ushbu geofizik vaziyatdan kelib chiqib, sayyoramizning faol seysmik zonalarida kuchli zilzilalar kuzatilish xavfi, aloqa tizimida ba’zan uzilishlar, sun’iy yo‘ldosh parvozlarida ham muammolar va eng asosiysi 30 yoshdan yuqori aholi qatlamida kunlik foydali ish koeffitsiyentining pasayish holatlarini taxmin qilish mumkin.