Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

O‘zbekistonda pulli yo‘llar o‘zini oqlaydimi?

“Pulli avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pulli yo‘llar o‘zini oqlaydimi?

Rivojlangan mamlakatlarda shahar, hamda shahardan shaharga o‘tish avtomobil yo‘llarida pulli magistral yo‘llar mavjud. Ushbu pulli yo‘llar har tomonlama davlatga ham yo‘lovchiga ham qulaylik olib keladi. Magistral yo‘ldan foydalangan haydovchilar vaqt tomonlama ancha imkoniyatga ega bo‘ladi. Xarajatlar hisoblanganida esa oddiy yo‘l hamda pulli yo‘lga sarflangan pullar orasidagi tafovut unchalik ham katta emas. Sababi magistral yo‘llar kam to‘xtalishlar hamda vaqt tomonlama yoqilg‘i tejashda qo‘l keladi. Oddiy yo‘llarda yoqilg‘iga sarflangan pulni magistral yo‘lga sarflash mumkin. Xarajatlar esa unchalik ham farq qilmaydi.

Hozirda O‘zbekistonda ham pulli avtomobil yo‘llarini qurish borasidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.  

Loyihaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari

Qonun loyihasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilar keltirilgan:

pulli yo‘llarni tegishli tartibda ta’mirlash va muntazam ta’mirlash uchun to‘lovlarni yetarli miqdorda undirish orqali budjetga yukni kamaytirish;

yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish;

avtotransport vositalarining harakatini tezlashtirish;

umumiy yo‘llardagi yukni kamaytiradigan va transport vositalarining sig‘imini oshiradigan muqobil avtomobil yo‘nalishlarini yaratish;

baxtsiz hodisalar va natijada xalqaro standartlarga muvofiq qurilgan zamonaviy yo‘llarda o‘lim va jarohatlar sonini kamaytirish;

yangi ish o‘rinlarini yaratish.

Yoqilg‘i sarfiga ta’siri

Shuningdek, avtomobil yo‘llar sifatini yaxshilash va eng maqbul tezlik rejimidan foydalanish avtotransport vositalarining yonilg‘i sarfini taxminan 10-15 foizga kamaytiradi va harakatlanish vaqtini qisqartiradi.

Bundan tashqari, yo‘l qoplamasining yaxshilanishi avtotransport vositalari va shinalarning yurish qismlar va pokrishkalar ishlash muddatini (taxminan o‘nlab foizga) oshiradi va natijada tegishli komponentlarni almashtirish xarajatlarini kamaytiradi.

Sifatli yo‘l, xarajatlar esa bir

Foydalanuvchilarning xarajatlari to‘liq qoplanadi, negaki yaxshilangan yo‘l sharoitlari ijobiy ta’siri yo‘l haqi miqdoridan bir necha baravar yuqori bo‘ladi.

Yo‘l sohasining rivojlanishi ham xususiy biznes sohasiga, ham davlat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.