$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi chiqindidan qarzdor fuqarolar elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshira olmaydi

chiqindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini mustahkamga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. 

Loyiha mazmuni

Mazkur qonunga ko‘ra, chiqindi xizmatlari uchun to‘lovdan qarzdor bo‘lgan fuqarolar ogohlantirishdan keyin qarzni to‘lamagan taqdirda, ularning elektr energiyasi uchun to‘lovni vaqtinchalik amalga oshirish cheklanadi. Deputatlar qonun loyihasini ko‘rib chiqib, uni Senatga yubordi.

Qanday muammo bartaraf etilishi kutilmoqda?

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha aholining umumiy qarzi 596 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Yil boshiga nisbatan qarzdorlik 115 milliard so‘mga oshgan. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining hududiy organlari tomonidan qarzdorlikni undirish bo‘yicha sudlarga murojaatlar kiritilsa-da, bu amaliyotda yetarlicha samarali natija bermayapti.

Yangi tizim qanday ishlaydi?

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra:

 1. Qarzdorlar SMS orqali ogohlantiriladi – Chiqindi xizmatlari uchun to‘lov muddati o‘tganda fuqarolar telefon raqamlariga qisqa xabar yuboriladi.

 2. Ogohlantirishdan keyin to‘lov amalga oshirilmasa – Qarzdorlik bartaraf etilmaguniga qadar elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilish vaqtincha cheklanadi.

Mas’ul idora vakillarining ta’kidlashicha, bu tizim chiqindi xizmatlari uchun to‘lov intizomini mustahkamlashga, qarzdorlikning o‘sishiga barham berishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ma’qullandi va endi Senat muhokamasiga yuborildi.

Теги :
Jamiyat