$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yilda O‘zbekistonda jami 10 ta qonun loyihasini ishlab chiqish taklif qilinmoqda

qonun

2025-yilda O‘zbekistonda jami 10 ta qonun loyihasini ishlab chiqish taklif qilinmoqda. Strategik islohotlar agentligi va Adliya vazirligi tomonidan Murojaatnoma—2025 doirasida yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va amaldagi hujjatlarni tizimlashtirish (kodifikatsiyalash) bo‘yicha takliflar tayyorlandi.Bunda yangi qonun loyihalarini qabul qilish hamda qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning zaruriyati tahlil qilindi hamda 20 ga yaqin MDH, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining qonunchilik hujjatlari va tegishli sohalarni tartibga solish bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rganildi.

“Ulgurji va chakana savdo to‘g‘risida”

2025-yilda jami 10 ta qonun loyihasini ishlab chiqish taklif qilinmoqda. Xususan: “Ulgurji va chakana savdo to‘g‘risida”. Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish Hukumatning 26.11.2002-yildagi 407–son qarori (22 yil avval qabul qilingan) bilan tartibga solinib, bugungi kun talablariga javob bermaydi. Turkiyada 2015 yilda “Ulgurji va chakana savdo to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi natijasida 2015—2020-yillarda chakana savdo hajmi o‘rtacha 6—8 foizga o‘sib, 2019-yilda 213 mlrd. dollarni tashkil qildi.

“Majburiy to‘lovlar va yig‘imlar to‘g‘risida”

Bugungi kunda aholi va tadbirkorlarga qonunosti hujjatlari bilan 300 dan ortiq to‘lovlar va yig‘imlar to‘lash majburiyati yuklatilgan. Vaholanki, Konstitutsiyaning 93-moddasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan.

“Naqdsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”

Mamlakatda naqdsiz shakldagi to‘lovlarning umumiy to‘lovlardagi ulushi 40 foizni tashkil etib, rivojlangan va MDH davlatlaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda. Ushbu ko‘rsatkich Rossiyada 83 foizni, Germaniyada 76 foizni, Qozog‘istonda 86 foizni, Ozarbayjonda 56 foizni, Qirg‘izistonda 50 foizni tashkil qilgan.

“Hududiy rivojlanish to‘g‘risida”

Qonun qabul qilinishi natijasida hududlarni rivojlantirish bo‘yicha dastur va strategiyalarni ishlab chiqish hamda “o‘sish nuqtalari”ni aniqlashning samarali mexanizmlari joriy qilinadi. Bunday qonunlar Bolgariya, Latviya va Moldovada qabul qilinib, o‘z ijobiy natijasini bergan.

“O‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar to‘g‘risida”

Qonunning asosiy maqsadi ayrim davlat nazorati funksiyalarini tadbirkorlarning professional birlashmalariga o‘tkazish orqali davlat organlari zimmasidagi ma’muriy yuk va xarajatni qisqartirish belgilangan. Rossiya va Qozog‘istonda ushbu qonun orqali budjetning davlat nazoratiga yo‘naltiriladigan xarajatlarini 10-15 foizga qisqartirishga imkon bergan.

Kodeks loyihalari

Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish (kodifikatsiya) bo‘yicha jami 3 ta kodeks loyihasini ishlab chiqish taklif qilinmoqda. Misol uchun Ekologiya kodeksi. Ekologiya sohasi 126 ta qonunchilik hujjatlari bilan – 7 ta Qonun, 17 ta Prezident Farmoni va qarori, 99 ta Hukumat qarori va 3 ta idoraviy hujjat bilan tartibga solingan. Ushbu kodeks Fransiya va Qozog‘istonda qabul qilingan.


Transport kodeksi. Transport sohasi 288 ta qonunchilik hujjatlari bilan – 8 ta Qonun, 28 ta Prezident Farmoni va qarori, 198 ta Hukumat qarori va 54 ta idoraviy hujjat bilan tartibga solingan. Ushbu kodeks Fransiyada qabul qilingan.v

Теги :
Жамият