$
 12606.73
49.17
 14849.47
40.34
 159.86
0.42
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O’zbekistonliklarga Latviya davlatida ishlash taklifi berilmoqda, ish haqi esa 1100 yevro

positive

Bunda ish o‘rinlari yuk avtomobili haydovchilari uchun mavjud. Haydovchi “CE” toifasiga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nomzodlarga talablar

Ish o‘rinlari uchun “CE” toifaga ega yuk avtomobili haydovchilari ariza topshirishlari mumkin. Ish haqi — 1100 yevro.

Nomzodlar 18−55 yosh oralig‘ida, 1 yillik tajribaga ega bo‘lishi hamda rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilishi kerak.

Fuqarodan nimalar talab qilinadi?

Sug‘urta, hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplanadi.

Fuqaro hisobidan esa agentlik xizmatlari, o‘qitish va ko‘niktirish, viza uchun to‘lov, aviachipta, ovqatlanish hamda yashash joyi xarajatlari qoplanishi kerak.

Batafsil ma’lumotlarni 71 202−33−55 (ichki raqam 17), 71 200−00−61 yoki 1282 qisqa raqami orqali olish imkoniyati mavjud.

Avvalroq Migratsiya agentligi Rossiyaga borayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirgandi. Mamlakatga borayotgan, hududda bo‘lib turgan yoki chiqib ketayotgan fuqarolardan xavfsizlik choralariga amal qilish so‘ralmoqda.

Теги :
Jamiyat