$
 12964.43
-30.16
 14744.45
-17.4
 158.28
0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent koʻchalarida kvadrober bolalar: ular kimlar va jamiyat uchun qanchalik xavfli?

Kvadroper

Shu kabi voqealar Qozogʻiston, Rossiya va Ukraina yoshlari orasida ham kuzatilgan. Bunday harakatlar Toshkent shahrida ham kuzatilmoqda. Xususan, 10-okyatbrda hayvonlar qiyofasidagi niqoblarni taqib olgan “kvadrober” uchratilgani, 11-oktyabrda esa yana bir “kvadrober” yoʻlovchilarga itga taqlid qilib hujum qilgan, voqeaga guvoh boʻlgan bola qattiq qoʻrqib ketgani xabar berilgan.

Buni kim oʻylab topgan?

Kvadroberlar niqoblar va sunʼiy dumlarni ishlatadi, shuningdek, toʻrt oyoqda harakatlanishadi. Bu tendensiya qanday paydo boʻlganini aniq aytish qiyin. Uning yaratuvchisi yaponiyalik Kenichi Ito hisoblanadi, u “maymun odam” laqabini olgan. U maymunning texnikasini oʻrganib, moslashtiradi va keyin stadionlarda toʻrt oyoqda yugurishni mashq qila boshlaydi. Baʼzan u shaharda yoki oʻrmonda mashq qilardi, bu esa kulgili va hatto xavfli vaziyatlarga olib keldi. Bir marta uni jamoat tartibini buzgani uchun hibsga ham olishgan.

Kvadrobika sport turimi?

Baʼzi manbalarda kvadrobikani rasmiy boʻlmagan sport turi deb atashadi. Uning nomi lotincha “quattuor” – “toʻrt” va inglizcha “aerobics” – “aerobika” soʻzlaridan kelib chiqqan. Kvadrobikada bir nechta sport elementlarini ajratib koʻrsatish mumkin – toʻrt oyoqda sakrash, yugurish va yurish.

Bolalar uchun qanday xavflar bor?

Kvadrobika boshqa har qanday faoliyat singari, o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bolalar uchun xavfli boʻlishi mumkin boʻlgan baʼzi jihatlarni keltirib oʻtamiz.

Jismoniy jarohatlar. Toʻrtt oyoqda yurish va sakrash bolalar uchun noqulay boʻlishi va bu jarohatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, yiqilish, toʻpiq yoki tizza jarohatlari.

Ruhiy salomatlik. Kvadrobika bolalarda oʻziga xoslik va ijtimoiy moslashuv muammolariga olib kelishi mumkin. Ular oʻzlarini boshqa bolalardan farq deb his qilishlari mumkin va bu ularning ijtimoiy hayotlariga taʼsir qilmay qolmaydi.

Ijtimoiy izolyatsiya. Kvadrobika bilan shugʻullanuvchi bolalar oʻzlarini boshqa bolalardan ajratib qoʻyishlari mumkin va bu ularning ijtimoiy hayotlariga salbiy taʼsir qiladi.

Shunday qilib, kvadroberlik bola o‘ziga hayvonlarning agressiv harakatlarini qabul qilishiga, o‘zini va atrofdagilarni jarohatlashiga, bolaning hali to‘la shakllanmagan psixikasiga zarar yetishiga hamda uning jamiyatdan ajratilib qolishiga olib kelishi mumkin.

Ijobiy tomonlari ham bor(mi?)

Shunga qaramay, baʼzilar kvadrobika ijobiy tomonlarga ham ega deyishadi. Masalan:

Jismoniy faollik. Kvadrobika bolalarni jismoniy faol boʻlishga undaydi va bu ularning sogʻligʻi uchun foydalidir.

Ijodiylik. Kvadrobika bolalarga oʻzlarini ifoda etish va oʻziga xoslikni namoyon qilish imkonini beradi.

Jamoaviylik. Kvadrobika bilan shugʻullanuvchi bolalar bir-birlariga qoʻshilishadi va bu ularning jamoaviy hissiyotini rivojlantiradi.

Rasmiylar nima deydi?

Yuqorida ushbu holat yurtimizda ham roʻy bergani haqida aytdik. IIV mazkur holatlar jamiyatda yurish turish qoidalariga zid bo‘lishi va bu kabi xulq-atvorni mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 77-moddasiga binoan, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar, deya eslatmoqda vazirlik.

Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi bolaning o‘qishi, tarbiyalanishi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun mas’uldir. Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi o‘z bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi shart, deyiladi xabarda.

Vazirlikning qayd etishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi BHMning 5 barobarigacha (1 million 875 ming so‘mgacha) jarimaga tortishga sabab bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, Ichki ishlar vazirligi ota-onalarni “o‘z farzandlarini har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash bo‘yicha o‘zlarining ma’naviy burchlari va qonuniy majburiyatlarini” bajarishga chaqirdi.

Bola huquqlari kafolatlarini ta’minlashga mas’ul organlardan biri sifatida vazirlik shunday submadaniyat namoyon bo‘lishi holatlari ota-onalar tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarmaslik sifatida malakalanishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, idora kvadroberlik bolaning ruhiy va emotsional sog‘lig‘iga qanday ta’sir etganini aniqlash maqsadida zarur hollarda bolalarni maxsus psixologik ko‘rikdan (konfidensial tarzda, bolani yakkalash va diskriminatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaydigan do‘stona usullar orqali) o‘tkazish ham talab etilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Теги :
Jamiyat