Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

Rossiya muhojirlarning ketishi oqibatlarini his qilmoqda

Rossiyada migrantlarning ommaviy deportatsiyasi fonida kuryerlar yetishmovchiligi kuzatilyapti.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya muhojirlarning ketishi oqibatlarini his qilmoqda

“Restomania” kuryerlik xizmati Rossiyada migrantlarning ommaviy deportatsiyasi fonida kuryerlar yetishmovchiligi kuzatilyotgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” nashriga tayanib Migrant.uz xabar bermoqda.

Mamlakat bo’ylab taxminan 140 ming kuryer yetishmagan

2024-yil martida butun mamlakat bo’ylab taxminan 140 ming kuryer yetishmagan va yil oxiriga kelib bu tanqislik 300 minggacha oshishi mumkin.

Kadrlar yetishmovchiligi tufayli kompaniyalar yetkazib berish hududlarini qisqartirish, shoshilinch buyurtmalarni bekor qilish, uzoq joylarga yetkazib berish uchun qo’shimcha haq to’lash va marketing takliflarini cheklashga majbur bo’lmoqda.

Do‘konlarda suv, non va boshqa mahsulotlar yetishmasligi ham deportatsiyya fonidami?

Kadrlar tanqisligi tufayli “e-grocery” sohasida ikki yildan buyon ilk bor pasayish 3,2 foizga tushishi kuzatilgan.

30-iyul kuni, Yaroslavldagi “Пятерочка” va “Перекресток” do’konlarida suv, non va boshqa mahsulotlar yetishmayotgani kuzatilgan edi. “X5 Group” kompaniyasi yetishmovchilikni migrantlarning Rossiyadan deport qilinishi bilan izohlagan.

O‘tgan yilgi deportlar soni yarim yil ichida “hal” bo‘ldi

Shuningdek, yarim yil ichida Rossiyadan deyarli 40 ming migrant chiqarib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. Bu ma’lumotlarni Federal Sud Pristavlari Xizmati taqdim etdi.

Solishtirish uchun, o‘tgan yildavomida 44 ming kishi deportatsiya qilingan edi. Bu yil esa yarim yilning ichida shuncha muhojir deportatsiya qilingan.