Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 72 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +8°

“Salimboy”ning sobiq qudasi, yirik tadbirkor “Husan Moskovskiy” vafot etdi

Yirik tadbirkor, sobiq Sovet Ittifoqidagi yirik kriminal avtoritetlar bilan yaxshi aloqa o‘rnatgani bilan tanilgan va Husan “Moskovskiy” laqabi bilan mashhur Husan Ziyomuhammedov vafot etdi. U 20-iyun kuni yurak xurujiga uchragan edi.

2 daqiqa o‘qiladi

“Salimboy”ning sobiq qudasi, yirik tadbirkor “Husan Moskovskiy” vafot etdi

Yirik tadbirkor, sobiq Sovet Ittifoqidagi yirik kriminal avtoritetlar bilan yaxshi aloqa o‘rnatgani bilan tanilgan va Husan “Moskovskiy” laqabi bilan mashhur Husan Ziyomuhammedov vafot etdi. 

“Husan Moskovskiy” o‘zi kim?

“Husan Moskovskiy” Rossiyaga O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beruvchi eng yirik tadbirkorlardan biri sifatida tanilgan. Shu bilan birga u O‘zbekistonda “Neobiknovennaya” arog‘i savdosidan mo‘may daromad ko‘rib kelgan. “Husan Moskovskiy” Rossiya matbuotida “Butun umr o‘g‘rilar yonida yurgan” tadbirkor, deya ta’riflangan. Bundan tashqari, u sobiq prezident Islom Karimov davrida siyosiy qotilliklarni amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatgan shaxslardan biri sifatida tanilgan.

Salimboy va Husan Ziyomuhammedov 

11-avgustda ba’zi Telegram kanallarda “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Qirg‘izboyevich Abduvaliyevning vafot etgani haqida xabar tarqalgandi. Salimboyga yaqin manbalarga ko‘ra, Salim Abduvaliyev oila a’zolariga huquq tartibot idoralaridan biridan telefon qilib, uning tirikligi, ammo “mazasi yo‘qligini” aytganlar. Ammo, qo‘shimcha tafsilot berilmagan. O‘sha vaqtda Salim Abduvaliyevning sobiq qudasi, postsovet jinoyat olamida “Husan Moskovskiy” degan nom bilan tanilgan o‘zbekistonlik tadbirkor Husan Ziyomuhammedov komaga tushib qolgani haqida ham xabarlar tarqalgan. 

Yurak xuruji

Ma’lum bo‘lishicha, “Husan Moskovskiy” 20-iyun kuni yurak xurujiga uchragan va Toshkentda jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Shifokorlar tadbirkor yaqinlariga uning yuragini transplantatsiya qilish zarurligini aytadi. Bu tavsiya ortidan Husan Ziyomuhammedov Janubiy Koreyaga olib ketilgan. Bugun, dushanba kuni Husan Ziyomuhammedov 68 yoshida vafot etgani ma’lum bo‘ldi.