$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Korrupsiya haqida xabar berish: Respondentlarning 48,6 foizi buning oqibatlardan qo‘rqadi

korrupsiya corruption

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashda korrupsiya haqida xabar berishning o‘rni va ta’siri” mavzusida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda taqdimot qilgan BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Samarali boshqaruvi bo‘yicha klasteri rahbari Kamila Muhamedxanovaning aytishicha, loyiha doirasida respublikaning barcha hududlaridan 500 nafardan ortiq respondentlar bilan kompyuterlashtirilgan telefon so‘rovi, o‘nta vazirlik va idoralarning 20 nafardan ortiq xodimi bilan anonim so‘rovlar hamda 53 ta maqsadli guruhlarda muhokamalar o‘tkazilgan.

Soʻrovning asosiy maqsadi

So‘rovning asosiy maqsadi fuqarolarning korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish bilan bog‘liq tasavvurlari va tushunchalari, shuningdek, mas’ul idoralarga xabar berishdagi muammolar, bu bo‘yicha to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni baholashdan iborat. Tadqiqotda respondentlarning 74,0 foizi korrupsiya holatlari haqida xabar berishga va 82,2 foizi elektron platforma yoki mobil ilova orqali xabar berishga tayyorligini bildirgan.

Korrupsiya — minnatdorchilik sifatida sovg‘a berish

“So‘rovda ishtirok etgan respondentlarning 19,8 foizi korrupsiya holatlari haqida xabar bermaslikning asosiy sabablari sifatida undan o‘zlari manfaatdorligi, 20,4 foizi esa kimga murojaat qilishni bilmasligini qayd etgan. Shu bilan birga, respondentlarning 13,8 foizi minnatdorchilik sifatida sovg‘a berishni oddiy hol deb hisoblashini, 7,4 foizi esa bunday harakatlarni korrupsiya holati deb bilmasligini ta’kidlagan. Respondentlarning 48,6 foizi xabar berish oqibatlaridan qo‘rqishini, 25 foizi xabar berish befoyda ekanini, hech kim bunga e’tibor bermasligini bildirgan. 14 foiz kishi pul va sovg‘a berishni minnatdorlik belgisi sifatida ko‘radi”, deydi Kamila Muhamedxanova. Ta’kidlanishicha, aksariyat kishilar sovg‘a berishni korrupsiya emas, balki minnatdorlik deb tushunishini bildirgan.

Eng korrupsiyalashgan sohalar qaysi?

“So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, tibbiyot muassasalari, maktabgacha va oliy ta’lim muassasalari, hokimliklar, ichki ishlar organlari va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari eng korrupsiyalashgan sohalar deb belgilangan. Jamoatchilik ko‘pincha korrupsiyani poraxo‘rlik va qarindosh-urug‘chilik deb tushunadi, xolos. 50 foizdan ortiq respondentlar mansabni suiiste’mol qilish va qarindosh-urug‘chilikni korrupsiya deb biladi. 40 foizdan kamrog‘i uchun esa qimmatbaho sovg‘a berish korrupsiyadir. Aksariyat kishilar sovg‘a berishni korrupsiya emas, balki minnatdorlik deb tushunadi. Bu holat albatta achinarli”, deydi Muhamedxanova.

Теги :
Jamiyat