$
 12884.62
-15.29
 13495.35
-12.15
 148.85
2.11
weather
+26
Кечаси   +14°
icci

Tojikistonda Markaziy Osiyodagi eng uzun ko‘prik quriladi

Avtomobil ko‘prigi

Tojikiston Transport vazirligi va Xitoyning Zhejiang Communications Construction Group Co Ltd kompaniyasi o‘rtasida nafaqat Markaziy Osiyo respublikasi, balki butun mintaqadagi eng uzun avtomobil ko‘prigi qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi

Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘prik qurilishi “Obigarm-Nurobod” avtomobil yo‘li qurilishi loyihasining uchinchi bosqichi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Obyekt Nurobod tumani hududida qurilib, Surxob daryosining ikki qirg‘og‘ini bog‘laydi. Qayd etilishicha, ko‘prik Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning farmoyish va ko‘rsatmalari asosida, respublikani kommunikatsiyalarini boshi berk ko‘chadan chiqarish va tranzit mamlakatga aylantirish strategiyasining bir qismi sifatida qurilmoqda. 

Markaziy Osiyo uchun rekord

Ko‘prikning uzunligi 920 metrni tashkil qiladi, biroq kirish yo‘llari hisobga olinsa, obyekt uzunligi 1500 metrga ko‘tariladi. Bu Markaziy Osiyo uchun rekord. Ayni damda Qozog‘iston sharqida joylashgan va o‘tgan yilning oktyabr oyida ochilgan Buxarminskiy ko‘prigi 1316 metr natija bilan bu borada yetakchilik qilmoqda. Tojikiston loyihasida ish boshlanishidan oldin texnik-iqtisodiy asoslash va tadqiqotlar nafaqat ishlab chiquvchi vakillari va mahalliy muhandislar, balki Janubiy Koreyadan kelgan mutaxassislar tomonidan ham amalga oshirilgan. 

Loyiha haqida

Loyihaning umumiy qiymati 427,5 million yuanni (taxminan 60 million dollar) tashkil etadi. Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim ko‘prik qurilishi respublika iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega ekanligini, uni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash kerakligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xitoylik pudratchi ishni to‘rt yil ichida yakunlashni rejalashtirgan, biroq zamonaviy yo‘l qurilish standartlari va tajribali xorijlik mutaxassislar ishtirokini hisobga olgan holda, obyekt muddatidan avval foydalanishga topshirilishi ham mumkin.

Теги :
Jamiyat
Avto