O‘zbekiston har bir xodim yilda kamida 3 hafta ta’til olishini nazarda tutuvchi konvensiyani ma’qulladi
Bunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Xalqaro mehnat tashkilotining Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risidagi Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni uchinchi o‘qishda ma’qulladi.
2 daqiqa o‘qiladi

Bunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Xalqaro mehnat tashkilotining Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risidagi Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni uchinchi o‘qishda ma’qulladi.
Konvensiyaning mazmuni nima?
Konvensiyaning asosiy maqsadi — barcha ishlaydigan xodimlarga dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan ta’tillarni ta’minlashdan iborat.
Konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar
Bugungi kunda Konvensiya 38ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ular orasida Rossiya, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Vengriya, Germaniya, Finlandiya, Chexiya, Shveysariya va Shvetsiya kabi rivojlangan davlarlar ham bor.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda xodimlarning mehnat huquqlarini, shu jumladan, dam olish va haq to‘lanadigan ta’tillardan foydalanish huquqlarini ta’minlash qonun loyihasining maqsad va vazifalari hisoblanadi.
Konvensiyani qabul qilishdan maqsad
Ushbu Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishga, Xalqaro mehnat tashkilotining hujjatlarida belgilangan mehnat huquqlarini, shu jumladan, dam olish va haq to‘lanadigan ta’tillardan foydalanish huquqlarini ta’minlash bo‘yicha xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi.
To‘liqsiz ish vaqtida ishlovchilar uchun konvensiya
Avvalroq O‘zbekiston XMTning to‘liqsiz ish vaqti to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilayotgani ma’lum qilingan edi.
Oliy Majlis Senatining 55-yalpi majlisida Xalqaro mehnat tashkilotining To‘liqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qullagan.
Hujjat to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchi ishchilar uchun mehnat sharoitlarini ta’minlash, ularni mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minot sohasidagi kamsitishdan himoyalashga qaratilgan.



