$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Sobiq mustamlakalar Buyuk Britaniyadan kompensatsiya undirmoqchi

Britaniya

Millatlar hamdo‘stligiga (ushbu assotsiatsiya Buyuk Britaniya va uning deyarli barcha sobiq hukmronliklari, mustamlakalari va protektoratlarini o‘z ichiga oladi) a’zo bir qancha mamlakatlar hukumati rahbarlari Buyuk Britaniya tomonidan 17−19 asrlarda transatlantik qul savdosi uchun yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lash masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda, natijada Buyuk Britaniya boshqa mamlakatlardan milliardlab funt qarzdor bo‘lishi mumkin deb yozmoqda BBC News.

Britaniya qarzga kirishi mumkin

BBC’ga diplomatik manbalarining ma’lum qilishicha, rasmiylar ushbu masala yuzasidan “mazmunli suhbat” boshlashni o‘z ichiga olgan kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Natijada Buyuk Britaniya boshqa mamlakatlarga tovon puli sifatida milliardlab funt qarzdor bo‘lishi mumkin, deyiladi materialda.

Bagama orollari tashqi ishlar vaziri Frederik Mitchell BBC’ga shunday dedi: “Mavzu ko‘tarilganda, odamlar buni jiddiy qabul qilishi uchun vaqt kerak bo‘lishi mumkin, ammo bu amalga oshadi”.

“Xoh ho‘l, xoh quruq bo‘lsin…”

Shuningdek, reparatsiya turli shakllarda bo‘lishi mumkin, deya tushuntirdi BBC, u moliyaviy reparatsiya, qarzdan kechish, rasmiy uzr so‘rash, ta’lim dasturlari, muzeylar tashkil etish, iqtisodiy yordam va sog‘liqni saqlash yordami bo‘lishi mumkin.

Dauning-strit esa juma kuni Tinch okeanidagi orol-davlat Samoada boshlanadigan Hamdo‘stlik sammiti kun tartibida tovon masalasi yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Ammo BBC sammit bayonotining joriy loyihasini tanishib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Loyihada aytilishicha: “(Davlat va hukumat rahbarlari) qul bo‘lgan afrikaliklarning transatlantik savdosi va ular mehnatining ekspluatatsiya bilan bog‘liq reparatsiya bo‘yicha adolatni muhokama qilish chaqiriqlarini e’tiborga olib,… adolatga asoslangan umumiy kelajak sari mazmunli, to‘g‘ri va hurmat asosidagi muloqot vaqti kelganiga rozi bo‘ldi”.

Britaniya bu da’voga to‘sqinlik qila olmayapti

Ushbu kompensatsiya matni hali to‘liq emas va Hamdo‘stlik yetakchilari sammitga kelganidan keyin o‘zgarishi mumkin, deya ta’kidlaydi BBC. Britaniya rasmiylari bu masala bo‘yicha alohida deklaratsiya qabul qilinishiga to‘sqinlik qilishga muvaffaq bo‘la oldi xolos.

Diplomatlar fikricha, ikki yildan so‘ng Karib havzasi davlatlaridan birida (ehtimol Antigua va Barbudada) bo‘lib o‘tadigan Hamdo‘stlikning navbatdagi sammitida reparativ odil sudlov masalasi kun tartibida bo‘lishi kutilmoqda.

Shuning bilan birga o‘tgan yili G‘arbiy Hindiston universiteti tomonidan chop etilgan va BMT Xalqaro sudi sudyasi Patrik Robinson tomonidan qo‘llab-quvvatlangan dokladda Britaniya Karib dengizida joylashgan 14 ta mamlakatdagi qullik holatlaridagi roli uchun 18 trillion funt sterlingdan ortiq kompensatsiya to‘lashi kerak, degan xulosaga kelingandi.