Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +9°

Endilikda mahkumlarga ham saylovda ishtirok etish huquqi beriladi

Prezident farmoniga asosan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Endilikda mahkumlarga ham saylovda ishtirok etish huquqi beriladi

Prezident tomonidan imzolangan joriy yil 28-avgustdagi O‘RQ-948-son qonun bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquq va qonuniy manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilishga doir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mahkumlarning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga e’tibor qaratiladi

Farmonga ko‘ra, mahkumlarning o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishiga, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga), Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlandi.

Shuning bilan birga, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning (agarda sud ularning saylov va referendumlarda qatnashish huquqini cheklamagan bo‘lsa) saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga bo‘lgan huquqi belgilanmoqda.