$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi sabzavot buyrak salomatligi uchun eng foydali hisoblanadi?

buyrak uchun foydali mahsulotlar

Buyraklar organizmda muhim funksiyalarni bajaradi, qonni filtrlaydi va suv muvozanatini tartibga soladi. Ularning salomatligini diqqat bilan kuzatib borish lozim, chunki sog‘lom buyraklarsiz organizm samarali ishlay olmaydi.

Karam buyrak salomatligi uchun eng muhim bo‘lgan sabzavot

Ma’lum qilinishicha, buyrak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydigan eng yaxshi sabzavot — bu karam. Darhaqiqat, karam ko‘plab foydali ozuqa moddalarini o‘z ichiga oladi va buyrak salomatligini ta’minlashda yordma beradi. AQSH qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bir stakan to‘g‘ralgan karam tarkibida 82,1 gramm suv, 2,22 gramm o‘simlik tolasi, 35 milligramm kaltsiy, 151 milligramm kaliy va 16 milligramm natriy mavjud. Buyrak kasalliklarini davolashda uchun moddalar muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, diyetolog Jeyn Grin Hend karamni muntazam iste’mol qilish kerak bo‘lgan mahsulotlar sirasiga qo‘shish kerakligini tavsiya qiladi, bunga ikki asosiy sabab bor: “Buyraklarning yosh va sog‘lom bo‘lishi uchun ularni natriy bilan ortiqcha yuklamaslik tavsiya etiladi, buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun esa kaliy va oqsil ham ortiqcha yuk bo‘lishi mumkin, shuning uchun karam eng yaxshi tanlovdir”, deya tushuntirdi mutaxassis.

Sabzavot buyraklarni butunlay detoksikatsiya qiladi

Har qanday turdagi — xom yoki pishirilgan karam buyraklarni detoksikatsiya qilishga yordam beradi, chunki sabzavot C vitamini, foliy kislotasi, B6 vitamini va o‘simlik tolalariga boy.

Karamning yagona salbiy tomoni uning hazm qilish tizimiga ta’siri bo‘lishi mumkin. Xususan, ichaklarida muammosi bor insonlarda karam iste’molidan keyin oshqozonda gazlar hosil bo‘ladi va qorin dam bo‘ladi. Shuningdek, karam ba’zi dorilarning, jumladan qonni suyultiruvchi vositalarning samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin.

Теги :
Salomatlik