$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

"Kelajak kasblari"qaysilar bo‘ladi?

Kasblar

"Jobs of Tomorrow" saytining ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin 15-20 yil ichida robotlar va sun’iy intellekt odamlardan o‘rnini "tortib oladi". Bunday sharoitda esa faqat zamonaviy kasb egalarigagina "non" qoladi. Xo‘sh, kelajak kasblari qaysilar?

 75 million odam ishsiz qoladi

Sayt kelajak haqida shunday prognoz bermoqda. Oksford universiteti tadqiqotlari esa robotlar kelajakda barcha ishning yarmini bajarishi mumkin ekanligini taxmin qilmoqda. Hozirgi ishlarning 53 foizi kelajakda eskirib qoladi yoki umuman iste’moldan chiqib qoladi, dunyo aholisining esa 77 foizi o‘z ishini o‘zgartiradi, bunda sharoitda yangi kasblar bilangina omon qolish mumkin deyilmoqda.

Tibbiyot sohasidagi kasblar 

1. Kiberprotezlar va implantlar ishlab chiqaruvchisi - bionik sun’iy organlarni yaratish uchun dizaynerlar va robototexnikalar bilan ishlaydigan tibbiyot muhandisi.

2. Miya implantatsiyasi bo‘yicha mutaxassis - bemorning boshiga ulangan yoki hatto ichiga o‘rnatilgan qurilmalarni loyihalash, tanlash, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan shaxs.

3. Tibbiy marketolog - sog‘liqni saqlash sohasidagi kompaniya va korxonalarni bozorda ilgari surish bo‘yicha mutaxassis.

4. Gen muhandisi - tirik organizmlar genlari bilan ishlaydigan olim.

Qishloq xo‘jaligidagi kasblar 

1. Agrokibernetika (agroinformatik) — qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari, avtomatlashtirish tizimlari, ma’lumotlarni tahlil qilish va sun’iy intellektdan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.

2. GMO agronomi — ekinlarning genlarini o‘zgartirishi bilan shug‘ullanadigan mutaxassis.

3. 3D-mahsulotni chop etish bo‘yicha muhandis — uskuna, dasturiy ta’minot va 3D modellarni yaratuvchi mutaxassis. 

4. Qishloq xo‘jaligi ekologi — chiqindilarni bartaraf etish usullarini ishlab chiquvchi mutaxassis. Shuningdek ekolog tuproqni qayta tiklash bilan ham shug‘ullanadi.

5. Raqamli asalarichi — asalarilarning salomatligi, changlatish jarayonlari, uyalarni loyihalash va turli hududlardagi o‘simliklarga ari to‘dalarni moslashtirish bo‘yicha mutaxassis.

Qurilish sohasida 

1. BIM (Building Information Modeling) loyihalovchi - bu bino ma’lumot modeli uchun vizual qismni yaratuvchi mutaxassis: barcha hujjatlarni jamlaydi, chizmalarni 3D ga aylantiradi va har bir blokni batafsil ma’lumot bilan to‘ldiradi.

2. "Aqlli uy" infratuzilmasi dizayneri - uyni intellektual boshqarish tizimini loyihalash, o‘rnatish va sozlash bo‘yicha mutaxassis.

3. Eski qurilish konstruksiyalarini rekonstruksiya qilish va mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis –qurilish tashkilotida ishlovchi hamda yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda turli binolarni restavratsiya qilish va obodonlashtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxs hisoblanadi.

4. Qurilishdagi 3D bosma dizayneri – 3D qurilish printerlari yordamida binolarni yaratuvchi me’mor. U materiallarni tanlaydi, mijozning ehtiyojlari, qurilish obyekti joylashuvi va iqlimini hisobga olgan holda kelajakdagi uylarning shakllarini ishlab chiqadi. Mutaxassis loyihani dasturda modellashtiradi, so‘ngra mashinalar uni to‘liq hajmda chop etadi.

5. “Yashil shahar”lar arxitektori – ekologik talablarni, barqaror rivojlanish tamoyillarini hisobga olgan holda binolar, mahallalar va butun shaharlarni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.

Ekologiya sohasida 

1. Ekologik auditor - korxonalar, binolar va boshqa infratuzilma va inshootlarning atrof-muhitga mosligini tekshiradigan mustaqil ekspert.

2. Agroekolog-  qishloq xo‘jaligi balansini tiklab, ekinlar va bioyoqilg‘ini yetishtiradi.

3. “Yashil” transport muhandisi - atrof-muhitga salbiy ta’sir darajasini kamaytirishga yordam beradigan transport turlari va tizimlarini ishlab chiqadigan mutaxassis.

4. Qayta ishlash bo‘yicha mutaxassis - chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqadigan xodim. Resurs sarfini kamaytirish bo‘yicha korxona faoliyatini yaxshilaydi.

Transport sohasida

1.Yangi transport turlarini loyihalashtiruvchi - suv, havo va quruqlikda zamonaviy transport vositalarini ishlab chiqadigan hamda ularga xizmat ko‘rsatadigan mutaxassis. U matematik, fizikaviy va kompyuter modellashtirishdan foydalangan holda yangi usullar va dizaynini yaratadi. Uchuvchisiz transport vositalari sohasidagi yurist - uchuvchisiz transport vositalarini ishlatish, ishlab chiqarish, sotib olish, ijaraga berish va sug‘urtalashda huquqiy yordam ko‘rsatadigan mutaxassis.

2. Kross logistika operatori - temir yo‘l va boshqa transport tarmoqlaridagi yukni hisobga olgan holda optimal yo‘nalishni belgilovchi mutaxassis. U yetkazib berish jarayonini nazorat qiladi va zarur paytda barcha mavjud transport imkoniyatlarini ulash orqali yo‘nalishni sozlashi mumkin.

3.Moslashuvchan ta’minot zanjiri menejeri - Ushbu xodim doimiy ravishda yangi materiallar, butlovchi qismlar manbalarini qidiradi va ta’minot zanjirlarini qisqa fursatlarda moslashtiradi.