$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Pekin sukutda: Xitoyda yana bir noma’lum kasallik tarqalmoqda

Virus

Xitoyda yana bir kasallik tarqalmoqda. Vaziyat og‘irlashib borayotganiga qaramay, rasmiy Pekin hamon sukut saqlashni ma’qul ko‘rmoqda.

Dastlabki ma’lumotlar

Xitoyning Xenan, Anxuy va Guychjou provinsiyalarida yashovchi aholi orasida vahima ko‘tarilmoqda. Sababi mahalliy shifoxonalar xavotirli kasallik alomatlari bo‘lgan bemorlar bilan to‘lib bormoqda. Dastlabki axborotlarga o‘pkada oq dog‘larning paydo bo‘lishi, yurak-qon tomir kasalliklari va saraton kasalligining keskin o‘sishi ortganini ma’lum qilmoqda. Qurbonlar soni ham muttasil ortib borishiga qaramay, Pekin rasmiylari vaziyatga izoh berishdan bosh tortib, sukut saqlashda davom etishni ma’qul ko‘rgan.

Senzura xavotiri ostida e’lon qilingan ma’lumotlar

Bu noma’lum mash’um vaziyat jahon hamjamiyatining xavotirlarini yanada kuchaytirmoqda. Rasmiy ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa-da, sirli kasallik haqida mish-mishlar va taxminlar urchishda davom etmoqda. Axborot makonida birinchilardan bo‘lib xitoylik jurnalist Langjian Chjao bu haqda ommaga ma’lumot tarqatdi. U ijtimoiy tarmoqlarida kasallanishlar sonining ko‘payishi va Xitoyda o‘tkazilgan COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash o‘rtasidagi bog‘liqlikni shubha ostiga oladi. Jurnalist rasmiylarning bosimidan qo‘rqib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayonotlar berishdan tiyilmoqda. U hozircha fuqarolarni hushyor bo‘lishga, tanqidiy fikrlashga hamda davolash va profilaktika masalalariga oqilona yondashishga chaqirish bilan tiyilmoqda. Uning ta’kidlashicha, eng ko‘p xavf ostida bo‘lganlar — immuniteti zaif bo‘lgan keksa odamlardir.

Теги :
Jamiyat
Salomatlik