$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda bolalar orasida nafas olish a’zolari kasalliklari ko‘paymoqda. Bu havo ifloslanishining yuqori darajasi bilan bog‘liq

nafas yo

O‘zbekistonda bolalarning 91 foizi anomal issiq havo davrlari ta’siridan aziyat chekmoqda. Bu haqda UNICEF va bolalar ombudsmanining O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlilida keltirilgan.

 Oliy ta’lim qamrovi oshdi

Tadqiqotning Sektorlararo masalalar bandida yoshlarning oliy ta’lim olish imkoniyati kengaygani haqida aytilgan. Oliy ta’lim muassasalari soni 2019-yildagi 108 tadan 2022-yilda 199 taga yetdi. Natijada oliy ta’lim bilan qamrov 2019-yildagi 20 foizdan 2021-yilda 28 foizga ko‘tarildi.

Mamlakat 2021-yilda Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi va Milliy harakatlar rejasini qabul qildi. Bu nogironligi bo‘lgan bolalarning huquqlari va integratsiyasini yaxshilashga bo‘lgan intilishdan dalolat beradi.

Iqlim masalalari bo‘yicha ta’lim maktab dasturiga kiritildi, bu bolalarning barqaror rivojlanish sohasidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.

Sohada nimalar takomillashtirilishi zarur?

O‘smir qizlarga ta’sir ko‘rsatadigan gender tengsizligi ta’lim olish va ishga joylashish imkoniyatlariga to‘sqinlik qilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 142,3 ming nafar 18 yoshgacha bo‘lgan bola nogironlikka ega. Biroq erta aniqlash tizimlarining nomukammalligi va madaniy stigma tufayli ma’lumotlar kamaytirib ko‘rsatilganligi ehtimoli yuqori. Bu esa nogironligi bo‘lgan ko‘plab bolalar zarur yordamdan mahrum ekanligini anglatadi va ularning ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va inklyuzivlik huquqlarini cheklaydi.

Ushbu sohadagi siyosatning tarqoqligi hamda erta aniqlash va aralashuv tizimining zaif ekanligi tufayli bolalarni erta yoshda rivojlantirishning kompleks dasturlari mavjud emas.

O‘zbekistonda bolalar orasida nafas olish a’zolari kasalliklarining ko‘payishi havo ifloslanishining yuqori darajasi bilan bog‘liq. Iqlim o‘zgarishi — ayniqsa, haroratning ko‘tarilishi va suv tanqisligi tufayli — bolalar uchun katta xavf tug‘dirmoqda. Mamlakatda bolalarning 91 foizi anomal issiq havo davrlari ta’siridan aziyat chekmoqda.

Теги :
Salomatlik