$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Samarqandda fuqaro dalahovlisidan 670 tup kannabis va 15 kg marixuanna topildi

kannabis kannabis

Samarqand viloyatining Samarqand tumanida 670 tup kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Tezkor tadbir

Ma’lum qilinishicha, 1-avgust kuni tumanning “Yangi ariq” mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1976-yilda tug‘ilgan erkak dalahovlisida 670 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Shuningdek, hodisa joyida saqlab kelingan 15 kilogramm 300 gramm marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

3 kishi aloqador bo‘lishi mumkin

Tezkor tadbir o‘tkazilayotganda dalahovlida bo‘lgan uch nafar shaxsning holatga aloqadorligi bo‘yicha tekshiruvlar amalga oshirilmoqda.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur voqea yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 2-qismi “b” bandi va 273-modda (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat