$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Hamyurtimiz Kamola Mahmudova dunyo nigohi va eʼtirofida

k 630

27-iyun kuni Londondagi nufuzli Westminster Park Plazada bo‘lib o‘tgan ICA Outstanding Contribution Award 2024 Xalqaro Komplayens Assotsiatsiyasining 2024-yilgi taqdirlash marosimida taniqli yurtdoshimiz Kamola Mahmudova birinchi marta ICA tarixida komplayens sohasiga salmoqli hissasi uchun taqdirlandi. Ilk bor taqdim etilgan ushbu mukofot qonunchilikka rioya qilish va moliyaviy jinoyatlarning oldini olish tarixida muhim bo‘lib, Mahmudovaning ushbu sohalar rivojiga qo‘shgan hissasining amaliy e’tirofi boʻldi.

ICA prezidenti va Global Practitioner Advisory Board moliya sohasida, xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (YeTTB) yigirma yildan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan Kamola Mahmudovaning yutuqlari va intilishlarini yuksak baholadi. Ushbu sharafli mukofot haqida fikr yuritar ekan, Mahmudova shunday dedi: "ICA tomonidan birinchi marta berilgan bu mukofotni olish nafaqat men uchun shaxsiy yutuq, balki soha uchun muhim bosqichdir. Bu bizning mashaqqatli mehnatimiz va YeTTB faoliyat yurituvchi mamlakatlarida amalga oshirgan barqaror o‘zgarishlarini e’tirof etadi."

Dunyo boʻyicha taniqli va muvaffaqiyatli hamyurtlarimizni tanishtirish uchun yaratilgan — "Oʻzbekistonlik" loyihasi qahramoni boʻlgan Mahmudova o‘zining professional yutuqlaridan tashqari, O‘zbekiston qishloqlarida ta’lim resurslarini takomillashtirish va COVID-19 pandemiyasi davrida sog‘liqni saqlash muassasalarini qo‘llab-quvvatlash kabi sa’y-harakatlari bilan jamiyat rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning sa’y-harakatlari nafaqat komplayens standartlarini, balki oddiy insonlar va jamoalarning hayotini ham yaxshi tomonga oʻzgartiradi. 

YeTTBning Project Integrity bo‘yicha direktori Jon Meyr uning faoliyatini baholar ekan, “Kamolaning dinamik yondashuvi va innovatsion strategiyalari xalqaro moliyaviy siyosat va amaliyotlarni sezilarli darajada shakllantirdi”, dedi.

Maʼlumot uchun, Global komplayens bo‘yicha yetakchi organ bo‘lgan ICA ushbu mukofotni sohaga ulkan hissa qo‘shgan shaxslarni taqdirlash maqsadida ta’sis etgan.