$
 12820.47
5.69
 13470.47
27.77
 122.26
-1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda savdo, texnika va ta’lim sohalarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda

kadr

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan mahalliy mehnat bozorida mutaxassisliklarga bo‘lgan talab o‘rganildi. Tahlil natijalari savdo sohasi va texnik mutaxassisliklarga yuqori ehtiyoj borligini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassisliklar kesimida talab o‘rganildi

MHTI tomonidan O‘zbekistonning 180 ta tuman va shaharlaridagi 7843 nafar ish beruvchi ishtirokida so‘rov o‘tkazildi. Unda 172 turdagi mutaxassisliklar bo‘yicha ishchi kuchiga bo‘lgan talab tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, hozirgi mehnat bozorida savdo sohasi mutaxassislariga talab eng yuqori.

Savdo sohasi yetakchilik qilmoqda

Savdo sohasida faoliyat yurituvchi ish beruvchilar so‘rov ishtirokchilarining 23,4 foizini tashkil etdi. Respublika bo‘yicha umumiy korxonalar orasida savdo korxonalarining ulushi 32,5 foizga teng. Bu esa aynan ushbu soha mutaxassislariga bo‘lgan talabni orttirib yubormoqda.

Texnik mutaxassisliklarga ehtiyoj oshmoqda

Texnik sohalarda quyidagi mutaxassisliklar yuqori talabga ega:

  • Qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalari mexanigi (1,7%);
  • Qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikasi mutaxassislari (1,4%);
  • Traktor, buldozer, kombayn haydovchilari (1,4%);
  • Agronomlar (1,3%);
  • Kashtachi, tikuvchi va to‘quvchilar (1,7%).

Bu yo‘nalishlardagi muammolar texnik bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan tizimning yetarli emasligi, zamonaviy texnologiyalarning ayrim hududlarda mavjud emasligi va mehnat bozoridagi hududiy nomutanosiblik bilan bog‘liq.

Ta’lim sohasi va IT bo‘yicha talablar

Ta’lim muassasalarida chet tillar (ingliz, nemis, koreys), matematika va IT fanlari o‘qituvchilariga talab yuqori (1,2%). Davlat va xususiy sektorlarda esa quyidagi mutaxassislar yetishmayapti:

  • Marketologlar;
  • IT dasturchilar;
  • Buxgalterlar;
  • Kadrlar bo‘yicha mutaxassislar.

Farrosh va bog‘bonlarga ham talab katta

Farrosh, haydovchi va bog‘bonlar kabi malaka talab etmaydigan lavozimlarga ham ehtiyoj sezilmoqda. Bu lavozimlarda yuqori qo‘nimsizlik darajasi talabning doimiy bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Hududlar kesimidagi nomutanosiblik

Tahlil natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 172 turdagi mutaxassisliklarga talab mavjud bo‘lsa-da, ayrim hududlarda ba’zi kasblarga umuman talab yo‘q. Bu nomutanosiblik mehnat bozorining rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.