Hujjatsiz 311,5 million so‘mlik dori vositalari qo‘lga olindi
Hujjatsiz dori vositalari sotuvga ham chiqarib bo'lingan.
1 daqiqa o‘qiladi

Tezkor tadbir
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi, DXX va viloyat bojxona boshqarmalari xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Hujjatlarsiz dori vositalari
Tezkor tadbirda yakka tartibdagi tadbirkor J.A. tegishli tartibda litsenziya olmasdan Qarshi shahri A.Oripov ko‘chasida o‘zboshimchalik bilan dorixona tashkil qilib, dorixonada tegishli hujjatlari bo‘lmagan 269 turdagi 311,5 mln so‘mlik turli nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Jinoyat ishi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



