$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 200 ta jinoyat to‘g‘ri kelmoqda

jinoyat

26-fevral kuni Senatda o‘tkazilgan majlisda Ichki ishlar vazirligi mas’ul rahbarlari 2024-yilda sodir etilgan jinoyatlar, ularni aniqlash, tergov qilish va oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Mamlakatda 2024-yilda jami 132 298 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, jinoyatlar soni har 100 ming aholiga taxminan 200 ta to‘g‘ri keladi.

 Jinoyatlarni aniqlash va tergov jarayoni 

  2024-yilda respublikada sodir etilgan jinoyatlarning 92,4 foizi aniqlangan. Qidiruv jarayonida 8 736 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, shuningdek, yo‘qolib ketgan 567 nafar shaxs aniqlandi. Ichki ishlar vazirligi xodimlari tashabbusi bilan 27 953 ta jinoyat aniqlanib, bu ko‘rsatkich oldingi amaliyotni 23,4 foizga yaxshilashga sabab bo‘ldi. 

 Korrupsiya va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar  

Korrupsiya va iqtisodiyot sohasida 3 293 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ularni 3 880 nafar shaxs amalga oshirgan. Yetkazilgan zarar uchun 239 milliard 584 million so‘m talab qilindi, shuningdek, inson savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan 219 kishiga qonuniy choralar qo‘llandi. 

 Jinoyatlarning asosiy qismi yoshlar tomonidan sodir etilgan 

 Sodir etilgan jinoyatlarning aksariyatini o‘g‘rilik va firibgarlik tashkil qilib, ularning 59 foizi yoshlar, 36 foizi esa avval sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilgan. Shuningdek, 7 mingdan ortiq jinoyat ishsizlar tomonidan sodir etilgani qayd etilgan. 

 Mahalla va hududlardagi jinoyatchilik profilaktikasi 

 Mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi. Natijada, 30,6 foiz (2 894 ta) mahallalarda jinoyat sodir etilishi oldi. Shu bilan birga, jinoyatlar ro‘yxatga olingan mahallalarning 14,3 foizi “qizil” kategoriya sifatida belgilandi, bu esa eng yuqori xavfli hududlarni ko‘rsatadi. 

 Yo‘l harakati hodisalari va kiberjinoyatlar 

 Hisobot davrida 9 364 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, 8 901 nafar fuqaro jarohatlandi va 2 203 nafar hayotdan ko‘z yumdi. Hodisalarning 47,1 foizi haydovchilarning piyodalarga yo‘l bermasligi, 22,8 foizi tezlikni oshirib borishi, 3,7 foizi rulda uxlab qolishi va 3,6 foizi svetoforning taqiqlovchi signalini e’tiborsizlik bilan o‘tib ketishi sababli ro‘y berdi. Kiberxavfsizlik sohasida esa 58,8 ming ta jinoyat sodir etilib, ularning 97,7 foizi fuqarolarning bank plastik kartalaridan mablag‘ yechilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat katta tanqidlarga sabab bo‘ldi. 

 Maxsus operatsiyalar va qo‘shimcha choralar 

 Respublika hududida o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar davomida 61 ta avtobusning mast holatda haydash holati aniqlangan. Majlisda jinoyatlarni oldini olish mumkin bo‘lgan hududlarda haqiqiy vaziyatni o‘rganish va vaziyatni yaxshilash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi, shuningdek, banklar va elektron to‘lov tizimlari operatorlarining faoliyatiga maxsus dasturiy ta’minotni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Теги :
Jamiyat