Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

Jazirama sabab vafot etgan keksalar soni 85 foizga oshdi

Haddan tashqari issiq harorat oziq-ovqat xavfsizligini keltirib chiqaradi va odamlarni yanada qashshoqlik domiga tortadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Jazirama sabab vafot etgan keksalar soni 85 foizga oshdi

So'nggi yigirma yil ichida haddan tashqari yuqori havo harorati tufayli vafot etgan 65 yoshdan oshgan odamlar soni 85 foizga oshdi.

Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bayonotiga tayanib TASS.ru xabar berdi.

Koʻproq kim jabr koʻryapti?

“Hamma joyda havoning halokatli darajadagi issishi kuzatilmoqda, lekin haroratning ko'tarilishidan eng ko'p aziyat chekayotganlar shahardagi kambag'allar, homilador ayollar, nogironlar, qariyalardir”, deydi u. 

“Misol uchun, issiq tufayli 65 yoshdan oshgan odamlar orasida so'nggi 20 yil ichida o'lim ko'rsatkichi 85 foizga oshdi”, dedi Guterrish, BMT qarorgohida dunyo bo'ylab rekord harorat kuzatilayotganiga bag'ishlab o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Yanada qashshoqlik 

Bundan tashqari, BMT rahbarining ta'kidlashicha, asrning o'rtalariga kelib haddan tashqari issiqda yashovchi kambag'allar soni “700 foizga ko'payishi mumkin”. 

“Haddan tashqari issiq harorat tengsizlikni kuchaytiradi, oziq-ovqat xavfsizligini keltirib chiqaradi va odamlarni yanada qashshoqlik domiga tortadi”, deya qo'shimcha qildi u.