$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Qaynona zo‘ravonligi sabab kelin va 23 kunlik chaqaloq kuyib qoldi

Kuygan chaqaloq

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oilaviy janjal oqibatida go‘dak bolaga qaynoq suv to‘kildi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Zoʻravon qaynona

Aniqlanishicha, Joriy yilning 27-yanvar kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.M. (1999-yilda tug‘ilgan ayol) qaynonasi M.X (1966-yilda tug‘ilgan) bilan oilaviy o‘zaro janjal yuzaga kelgan va ayol keliniga qarata ichida issiq suv bo‘lgan termosni otgan, buning oqibatida onaning qo‘lida bo‘lgan chaqaloq (23 kunlik) ning oyoq va qo‘l qismi kuygan. Bolaga zaruriy tibbiy muolajalar ko'rsatilishi ta’minlangan.

Holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda

Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Shuningdek, holat yuzasidan nizo davom etishini oldini olish maqsadida Х.M ga bir oy muddatga himoya orderi taqdim etilib, qo‘yilgan cheklovlar oila a’zolariga tushuntirildi.

Ayol erkakning ikkinchi turmushi

Facebok ijtimoiy tarmogʻida Aqida Hanum nomi bilan tanilgan blogerning yozishicha, qaynona termos bilan kelining boshiga urgan. 29-yanvar kuni ayol va chaqalog‘i uchun sudmed ekspertizaga yo‘llanma berilishi kerak. Qaynona esa janjaldan ikki kun o‘tib umraga ketgan.

Ayol 35 yoshli turmush o‘rtog‘iga chaqaloqning kuygan qo‘l-oyog‘i videolarini tashlab berganida u “Ha, yaxshi bo‘pti! O‘tiraver endi, bolaga o‘zing qarab”, deb aytgan. Blogerning so‘zlariga ko‘ra, bu erkakning ikkinchi turmushi. Birinchi turmushidan ham bolasi bor, u sobiq kelin ham ajrashib qutilgan.

Теги :
Jamiyat