Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +10°

Sun’iy intellekt texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Bugungi kunda 4 ta universitetda sun’iy intellekt bo‘yicha kadrlar tayyorlanyapti.

2 daqiqa o‘qiladi

Sun’iy intellekt texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Bank-moliya sohasida sun’iy intellektni qo‘llashni kengaytirish, bu bo‘yicha kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

IT sohasidagi startap loyihalar

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-avgust kuni sun’iy intellekt va IT sohasidagi startap loyihalarni rivojlantirish chora-tadbirlariga doir taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, bank, soliq, bojxona kabi sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

Sun’iy intellekt texnologiyalari markazi

Avvalo, sun’iy intellekt bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish kerakligi qayd etildi. Sun’iy intellektni joriy etish strategiyasi va ikki yillik loyihalar dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Sun’iy intellekt texnologiyalari markazini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Sun’iy intellekt bo‘yicha kadrlar

Bugungi kunda 4 ta universitetda sun’iy intellekt bo‘yicha kadrlar tayyorlanyapti. Hozirda katta ma’lumotlarni qayta ishlash va til modellari bo‘yicha 600 nafar mutaxassisga talab bor. Bu kelgusi yillarda karrasiga oshadi. Shuni inobatga olib, sohalar kesimida talabga mos mutaxassislar tayyorlash muhimligi aytildi.

Dunyoning barcha ilg‘or IT kompaniyalari o‘z faoliyatini startapdan boshlagan. O‘tgan yili bunday loyihalar uchun jalb qilingan venchur investitsiyalar hajmi 134 million dollarni tashkil qilgan.

Moliyalashtirish

Davlat rahbari startap loyihalarni moliyalashtirish uchun venchur investitsiyalarga keng sharoit yaratish vaqti kelganini ta’kidladi. Shu bois startap ekotizimini rivojlantirish, venchurli moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.